Dovonni “ishgʻol etayotgan” chiqindi uyumlari

  • 15:01 / 13.08.2019
  • 189

Foto: xabardor.uz

“Taxti qoracha“ dovoni xalq orasida “Kitob perevali” nomi bilan ham mashhur. Samarqand orqali oʻtuvchi ushbu yirik avtomagistral voha viloyatlarini yaʼni Qashqadaryo bilan Surxondaryoni Respublikamizning boshqa hududlari bilan tutashtiruvchi asosiy yoʻllardan biri hisoblanadi.

Dovon tepasidan juda goʻzal manzara namoyon boʻladi. Koʻpincha yoʻlovchilar ushbu beqiyos chiroydan bahra olish uchun toʻxtab oʻtishadi.

Lekin afsuski, ayni kunlarda yoʻlingiz shu taraflarga tushib qolsa, bu yerlarning tengsiz goʻzalligidan koʻzingiz quvnashi oʻrniga dilingiz xufton boʻladi. Negaki, atrof kaftdek koʻrinuvchi tepalikni bugun axlat “tepa”liklari “ishgʻol qilmoqda”.

Bunga kim aybdor? Urgut tumani hokimligimi, Kitob tumani hokimligimi yoki barchamiz?!

   Aʼzam Xoʻjaqulov, Xabardor.uz muxbiri