Dronlar qurilish kelajagini qanday o‘zgartiradi?

  • 07:37 / 04.03.2019
  • 2192

Harbiy sohadan kelib chiqishiga qaramay, dronlar hozirda kundalik hayotning turli sohalarida tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Ular yordamida asosan suratlar va filmlar tasvirga olinadi.

Foto: Pixabay

Asta-sekin ushbu uchuvchisiz havo qurilmalari radioboshqaruvli o‘yinchoqlar ko‘rinishidan uzoqlashmoqda va qishloq xo‘jaligi hamda qurilish kabi ko‘plab boshqa sanoatlarda ham jiddiy rollarni bajarmoqda.

Dronlarning qurilishdagi salohiyati yaqinda kashf etildi. Ilgari ular hududni ko‘zdan kechirish maqsadida qo‘llanilgan. Hozirda uchuvchisiz qurilmalar konstruksiyalarni qurish, real vaqtda tekshiruvni amalga oshirish va ishchilarning xavfsizligini kuzatishda ishtirok etmoqda.

Dronlar binolarni skaner qilish (ayrimlari rentgenda ko‘rish bilan jihozlangan) va 3D xaritalarni tuzish uchun muhim ma'lumotlarni to‘plashga qodir. Menejyer va muhandislar real vaqt rejimida loyihani ko‘zdan kechirishlari mumkin, aynan shu sababli muddatga amal qilish va qurilish maydonchasida har kuni jismoniy mavjud bo‘lmay turib ham budjetni hisoblash osonroq bo‘ladi.

Dronlar xavfsizlikka yordam beradi

Mehnat va sog‘liqni saqlash federal agentligining hisobotiga ko‘ra, 2017 yilda kuzatilgan jami 4674 ta o‘lim holatidan 20,7 foizi qurilishda sodir bo‘lgan. Dronlar yordamida ularning sonini kamaytirish mumkin – dronlar qurilishning eng xavfli hududlariga kira oladi. Ular yordamida uchish trayektoriyasini belgilash mumkin va ular xavfli joylarda xavfsizlik standartlariga amal qilishni tekshira oladi.

Materiallarni yetkazish

Qurilish sanoati uchun Amazon Prime Air’ning jo‘natmalarni dronlar orqali yetkazishdagi muvaffaqiyati ahamiyatsiz bo‘lmadi. Amazon 30 daqiqa davomida mijozga buyurtma qilingan atirni yetkaza oladi, dronlar esa boshqa ishchilar uchun xavf uyg‘otmagan holda asbob va kerakli materiallarni tezda olib kelishi mumkin. Shunday qilib, nafaqat lat yeyish va o‘lim holatlari oldini olish, balki ish samaradorligini ham oshirish mumkin.  

Mehnat va sog‘liqni saqlash federal agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda 971 ta o‘lim holatidan 381 tasi yiqilish natijasida yuz bergan. Bu esa qurilishdagi baxsiz holatlarning deyarli 40 foizidir.

Dronlar bu kabi holatlar sonini ancha qisqartirishi mumkin. Ular xavfsizlik, qulaylik va kamroq xatarga ega bo‘lgan yirik loyihalarga sarmoya kiritish uchun yana bir sabab taqdim etadi.

Foto: Pixabay

Dronlar yana nima qila oladi?

Dronlarga quyidagi vazifalarni bajarishni topshirish mumkin:

  • Turli materiallar, masalan, sim va metall qismlarni tashish.
  • Trubalarni strategik joylashtirish.
  • Shurup va vintlarni mahkamlash.
  • Odamlar bora olmaydigan joylardagi ishlar.

Zamonaviy dronlar devorlar orqasini ko‘ra oladi, materiallarni skaner qilib, to‘siqlar ortida ko‘rinmaydigan konstruksiyalarning 3D xaritalarini yuqori sifatda tuza oladi. Bu texnologiya nafaqat qulay modellarni yaratish, balki osmono‘par bino va ko‘priklar kabi xavfli konstruksiyalarni xavfsiz kuzatish imkonini beradi.

Foto: Pixabay

Dronlarni tatbiq etishni nimadan boshlash kerak?

Demak, qurilishda dronlarning afzalliklarini bilib oldingiz, biroq nimadan boshlashni bilmayapsiz. Dronlardan foydalanishni istagan qurilish kompaniyalari uchun bir necha maslahatlar quyidagilardan iborat:

Dronlarning har xil turlarini sinab ko‘ring (mustahkamlangan qanotli, multikopterlar, bitta vintli va yoki gibrid).

Muhimi, dronlar nimaga qodir ekanini shaxsan o‘zingiz sinab ko‘rishingizdadir. Ana o‘shanda ularni qanday boshqarishni o‘rganasiz.

Odatda muvaffaqiyatsizlik bilan kechadigan loyihalarda dronlarni sinab ko‘ring.

Dronlar nimaga qodirligini endigina ko‘rishni boshlayapmiz, ularning imkoniyatlari esa cheksiz. Ehtimol, biror yangi narsani kashf etishga aynan siz muvaffaq bo‘larsiz.

Teglar