DTM 8 nafar nazoratchi bilan shartnomani bekor qildi

  • 14:14 / 12.08.2019
  • 1169

Foto: O'zbekiston milliy axborot agentligi

Bugun, 12- avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida DTM ning hisobot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Xabardor.uz muxbiri ham ishtirok etdi.

DTM xodimi Diyorbek Qo‘chqorov test sinovlari jarayonida kuzatilayotgan holatlar, abituriyent va nazoratchilar, shuningdek ota-onalardan kelib tushayotgan shikoyatlar xususida axborot berdi. Ta’kidlanishicha, nafaqat abituriyentlar, balki DTM tomonidan ham ba’zi e’tirozli holatlar yuzaga kelmoqda. DTM xodimi, shuningdek, viloyatlar kesimida o‘tkazilgan imtihonlar haqida ham ma’lumot berdi.

 8-avgust kuni dastlab Surxandaryo viloyatida davlat test imtihonlari yakunlandi. Unga ko‘ra, umumiy 76 182 nafar abituriyent ro‘yxatdan o’tgan bo‘lib, shundan 74 607 nafari test sinovlarida qatnashgan xolos.  2 000 dan ortiq abituriyentlar noaniq sabablarga ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ba’zilari imtihon jarayonida qoidalarni buzganligi tufayli test jarayonlaridan chetlashtirilgan.

Sirdaryo viloyatida imtihon 10-avgust kuni yakunlangan. 33 758 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan test sinovlariga esa 31 929 nafar abituriyent to‘liq qatnashgan. 

Namanganda ham imtihon 10-avgust kuni tamomlangan. 61 451 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ulardan 59 591 nafari test sinovlarida ishtirok etgan.

Yuqorida ta’kidlanganidek, DTM tomonidan 8 nafar nazoratchi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingan. Bunga ularning abituriyentlarga yordam berish, uyali aloqa vositalaridan foydalanish, ularni kuzatuvsiz qoldirish kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Abituriyentlar davlat test imtihonlaridan imtihon kuni faqarolik pasportini unutib qoldirganligi, jarayonga uyali aloqa vositalarini olib kirishga yoki o‘rniga boshqa odam kiritishga uringanligi, nazoratchidan ko‘mak so‘rganligi kabi turli holatlar uchun test jarayonlaridan chetlashtirilgan.