DTM: test sinovlari yuzasidan apellyatsiya shikoyatlari 21-avgustdan 30-avgustga qadar ko‘rib chiqiladi

  • 14:56 / 12.08.2019
  • 119

Avval xabar qilinganidek, bugun 12-avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida DTM ning hisobot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Unda Xabardor.uz muxbirining savollariga Davlat test markazi mas’ul xodimi Diyorbek Qo‘chqorov quyidagicha javob berdi: 

— Bizga ota-onalar va abituriyentlar tomonidan murojaat va shikoyatlar kelib tushmoqda. Biz ular bilan alohida tushuntirish ishlarini olib borishga majbur bo‘lyapmiz. Chunki bizda hozir apellyatsiya komissiyasining tarkibi shakllantirilgani yo‘q. U tasdiqlanganidan keyingina biz tekshiruvni boshlay olamiz. Bu esa Nizomda belgilanganidek, Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellyatsiya shikoyatlari 21-avgustdan 30-avgustga qadar ko‘rib chiqiladi.”

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, test natijalaridan qoniqmagan abituriyentlar, agarda sizda shikoyat va e’tirozlar bo‘lsa, 21-avgust sanasidan boshlab 30-avgustgacha DTM va hududiy bo‘limlariga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishingiz mumkin.