Dunyo avtomobil bozori koronavirusdan jiddiy zarar ko‘rmoqda

  • 11:56 / 14.02.2020
  • 410

Koronavirus kasalligi avj olgani bois Xitoyda yangi avtomobillar sotuvi hajmi keskin tushib ketdi. 
Xitoyga dunyo avtomobil bozorining 30 foiz mashinasi eksport qilinar edi. Biroq hozir bu talab keskin tushib ketgan. Tahlilchilar mamlakatning xarid qobiliyati aprel oyida tiklanishini ta’kidlashmoqda. 
Xitoyda ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi yana bir jiddiy muammolardan biri sanaladi. Ko‘pchilik kompaniyalar o‘z xodimlarini uzoq muddatli ta’tilga chiqarib yuborgan. Zavodlar o‘z ishini tiklagan taqdirda ham murvatlar yetishmay qolishi mumkin.
Xitoydagi koronavirusdan, ayniqsa, nemis avtogigantlari ko‘proq zarar ko‘rishadi. Chunki shu paytgacha “Daimler” va “BMW” kompaniyalari o‘z mahsulotlarining 30 foizini, “Volkswagen” kompaniyasi esa 40 foiz avtomobilini Xitoy bozorida sotib kelgan