Dunyo bo‘yicha koronavirusdan 4,6 milliondan ortiq bemor vafot etdi

  • 21:47 / 16.09.2021
  • 97

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 225 million 680 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 644 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Qayd etilishicha, oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 501 419 yangi holati aniqlandi. Shu bilan birga 7 316 nafar bemor vafot etdi.

Shuningdek, kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinda turibdi. U yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 41,066 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (33,316 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (21,006 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (7,282 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Rossiya (7,194 milliondan ortiq).

Bundan tashqari, Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 5 milliard 788 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.