Dunyo bo‘yicha koronavirusdan kasallanganlar soni ochiqlandi

  • 16:52 / 14.09.2021
  • 188

Jons Hopkins universiteti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, seshanba kuniga holatiga koronavirusga chalinganlar soni 225 million 271 ming 931 nafarni tashkil qilmoqda.
Kasallikni yuqtirish va o‘limlar soni bo‘yicha AQSH, Hindiston va Braziliya yetakchi o‘rinlarda turibdi. 
Xususan, AQShda – 41 221 272 kishi kasallikka chalingan, 662 131 kishi vafot etgan. Hindistonda – 33 289 579 nafar bemor koronavirus yuqtirgan, 443 213ta o‘lim holati aniqlangan. Braziliyada esa 21 006 424 nafar aholi kasallikni yuqtirib olgan va 587 066ta COVID-19’dan o‘lim holati qayd etilgan.