Dunyo bo‘ylab sayohat qilish imkonini beradigan 10 ta kasb

  • 09:38 / 08.01.2020
  • 1446

Ish va sayohatni uyg‘unlashtirish haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Ushbu maqola orqali sizga yordam berishga urinib ko‘ramiz: quyida sayohatchilar uchun rostdan ham mavjud talabgor kasblarni yig‘dik.

AU pair
Bu dastur o‘tgan asr o‘rtalarida Fransiyada paydo bo‘lgan, bugun esa juda ko‘p mamlakatlarni qamrab oladi. U bir necha vazifalar bo‘yicha vaqtinchalik malaka oshirishdan iborat, jumladan: uy yig‘ishtirish, bolalar yoki qariyalarga qarash, bog‘ga qarash va hokazo. Shunchaki kerakli dasturni tanlasangiz yetarli. Turar-joy va ozuqa sizni qabul qilayotgan oila tomonidan ta’minlanadi.

ТОП-10 профессий, которые позволят путешествовать по миру

Agroturizm (WWOOFer — Willing Workers on Organic Farms)
“Organik xo‘jaliklarning ko‘ngilli ishchilari” – nisbatan yangi yo‘nalish bo‘lib, boshqa mamlakatlarga borish imkonini beradi. Vazifangiz – fermerlarga xo‘jalik ishlarida yordam berish, fermerning vazifasi – sizga turar-joy va ozuqa taqdim etish.

ТОП-10 профессий, которые позволят путешествовать по миру

Animator 
Odamlar, ayniqsa, bolalarni yaxshi ko‘rsangiz va muloqot qilishni yoqtirsangiz, bu vazifa qiyin emas. Animator har bir bolaga yondashishni biladi, tartibini nazorat qiladi va birinchi yordam ko‘rsatishi ham mumkin.

Osmondagi ish – uchuvchi va styuardessalik 
Murakkab, sog‘liq uchun xavfli, ammo qiziqarli ish. Juda ko‘p mamlakatlarni ko‘rishingiz mumkin, hammasi kompaniya hisobidan.

ТОП-10 профессий, которые позволят путешествовать по миру

Gid
Til va mahalliy yerni yaxshi bilsangiz, ekskursiyalar o‘tkazishingiz, mualliflik turlari tashkillashtirishingiz va sayohatchilar uchun turistik bo‘lmagan joylarni ko‘rsatishingiz mumkin.

ТОП-10 профессий, которые позволят путешествовать по миру

Muxbir, jurnalist, sayohat haqidagi ko‘rsatuvlar boshlovchisi
“Орёл и решка” ko‘rsatuvi boshlovchilariga havas qilmagan odam bo‘lmasa kerak. Ammo qaynoq nuqtalarda muxbirlik qilish bilan shug‘ullanish anchagina xavfli.

ТОП-10 профессий, которые позволят путешествовать по миру

Tarjimon
Bu kasb hozir eng ommalashgan davrida. Xalqaro imtihonlarga tayyorlash, xodimlar kvalifikatsiyasini oshirishda yordam berishingiz yoki turli ilmiy-ommabop nashrlarni tarjima qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, hozir Skype orqali ham repetitorlik bilan shug‘ullansangiz bo‘ladi.

ТОП-10 профессий, которые позволят путешествовать по миру

Fotograf
Fotografning vazifasi – sayyoramizning hali o‘rganilmagan joylarini yoki oddiy odamlar sezmagan go‘zallikni ko‘rsatib bera olishdir. Bunday suratlarga gonorar olish uchun eng yaxshilardan biri bo‘lishingiz kerak.

ТОП-10 профессий, которые позволят путешествовать по миру

Xaussitter
Xaussitterning vazifasi – uy egalari ta’tilga ketganida, uyga qarab turish. Ham yashash joyingiz, ham maoshingiz bo‘ladi. Bunday vakansiyalarni TrustedHousesitters saytida topish mumkin.

ТОП-10 профессий, которые позволят путешествовать по миру

Frilanser
Har yili frilans (ofisda bo‘lmagan) ishlar ommalashib bormoqda. Internetda frilanserlarning suratlarini ko‘rgandirsiz: erkin jadval, dengiz sohili, bir dunyo pulga qarab bunday ish haqida orzu ham qilgan bo‘lsangiz kerak. Ammo hammasi ham Internetdagi kabi chiroyli emas, biroq oliy ma’lumot va yaxshi portfolio buyurtmachilaringiz yetarli bo‘lishini ta’minlaydi. Ammo dam olishga vaqtingiz bo‘larmikan?

ТОП-10 профессий, которые позволят путешествовать по миру