Dunyo muhitini yanada yaxshilovchi to‘rt g‘aroyib texnologiya

  • 09:56 / 21.03.2017
  • 10084

Dunyo miqyosida kundan-kunga yangi texnologiyalar ishlab chiqilmoqda, kimdir ularga ijobiy munosabat bildirsa, kimdir salbiy izoh beradi. "Hi-Tech" bizga yanada yaxshi yashash uchun yordam berishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalarga optimistik yondashishni taklif qiladi.

 

Neft yig‘ishga mo‘ljallangan gubka

Yaqindagina bu gubka jumoatchilik va jahon yangiliklar lentalarida katta muhokamaga sabab bo‘lgandi. Hozir esa uni qo‘llashga oid videoroliklar ko‘pchilikni qoyil qoldirmoqda. Nahotki, dunyo okeanlarining ifloslanishi muammosi hal qilingan bo‘lsa? Ajoyib gubka texnologiyasini tushunishga harakat qilamiz. U taxminan quyidagicha ishlaydi.

Amerikalik olimlar gubkani yodga soluvchi noyob materialni namoyish qilishdi, u o‘z massasidan 90 karra ko‘p bo‘lgan neftni tortib olish xususiyatiga ega.

G‘aroyib gubkaning gigant suzish havzalarida o‘tkazilgan sinovlari uning dizel yoqilg‘isi va xom neftni suv yuzasidan ajoyib tarzda tortib olishini ko‘rsatgan. Tadqiqot natijalari Journal of Materials Chemistry A ilmiy nashrida chop etilgan maqolada to‘liq bayon qilingan.

 

Butilkalar qumga aylanadi...

Bunga ishonish qiyin, lekin qumli sohillar yo‘qolish arafasida. Ekologlar allaqachon bu haqida bong urishni boshlab yuborishgan. Bunga so‘nggi vaqtlarda sanoatning ko‘plab sohalari tomonidan qumga bo‘lgan talabning oshishi  sabab bo‘lmoqda. Vaziyatni yana bir mo‘jizaviy qurilma qutqarishi mumkin - DB Export kompaniyasining yangi ixtirosi shisha butilkalardan qum "chiqarish"ni biladi.

U qanday ishlaydi? Hammasi oddiy: butilkalar qurilma ichida ulkan tezlikda aylanuvchi kichik metall bolg‘achalar yordamida qumga aylanadi. Aytgancha, mashinaning nomi - Beer Bottle Sand Machine. Bu agregat bir butilkadan 200 gramm qum "ishlab chiqaradi".

Ta'kidlash joizki, qurilma hatto etiketni olishni ham unutmaydi. Bu jarayon maxsus vakuum qurilma tufayli amalga oshadi. Mashinani istagan joyga o‘rnatish mumkin, masalan - barlarda, - ishlab chiqaruvchining rejalari shunday. Texnologiya bizni ko‘plab keraksiz butilkalardan xalos qiladi, shu bilan birga, sohillarning yo‘qolib ketishining oldini oladi.

 

Plastikni qayta ishlovchi zavod - har bir uyda

Plastik — olimlar anchadan beri turli texnologiyalar ishlab chiqarib, kurashib kelayotgan global muammo. Plastikdan yoqilg‘i va sintetik tola yaratish o‘ylab topilgan. Biroq bularning barchasi yirik hajmli va qimmatbaho uskunalarni talab qiladi, yana shunisi borki, qayta ishlangan texnologiya o‘z-o‘zidan atrof-muhitga ziyon yetkazadi.

Precious Plastic startapi noodatiy qarorni taklif qiladi: har bir uyga mo‘ljallangan minizavod. Asosiy xom-ashyo - maydalangan plastik.

Loyihaning ajoyibligi shundaki, uni sotish taklif qilinmaydi: loyiha ishtirokchilari uni yig‘ishga oid ko‘rsatmani hamma bilan bo‘lishishadi. Material va asboblarni topish esa qiyinchilik tug‘dirmaydi. Uyog‘ini o‘zingiz hal qilasiz: plastikni xobbiga aylantirish yoki xayolingizga kelgan narsani ishlab chiqarish bo‘yicha kichik biznesni yo‘lga qo‘yish.

Shunday uskunalar tufayli borgan sari ommalashayotgan 3D-printerlar uchun plastik olish mumkin. Bundan chiqdi, plastik butilkalardan haqiqatda foydali buyumlar yasash mumkin ekan-da, yana o‘z qo‘llaringiz bilan!

 

Guruch suv havzalarini tozalaydimi?

Yil boshida Uzoq Sharq federal universiteti olimlari suv tozalashning innovatsion usuligini namoyish etishdi. Unda guruch somonidan ishlangan sorbent qo‘llanadi.

Ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, tabiiy suvlarni ifloslantiruvchi eng keng tarqalgan moddalardan biri sulfidlar hisoblanadi. Maishiy drenajlar va sanoat korxonalari chiqindilari ularning manbai hisoblanadi. Yangi texnologiya sulfidlarni yuqori samara bilan (91 foizgacha) suvdan bartaraf etish imkonini beradi.

Teglar