Dunyo musulmonlari Ramazon hayitini qanday kutib oldilar (foto)

  • 23:28 / 24.05.2020
  • 1303

2020-yilgi Ramazon hayiti pandemiya sababli ko‘p davlatlarda ommaviy tarzda o‘tkazilmadi. Aksariyat davlatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham hayit namozini ommaviy o‘qishni cheklash haqida din ulamolari rasman fatvo berdilar.
Quyida siz dunyo mamlakatlari hayit bayramini qanday kutib olganligiga guvoh bo‘lasiz.

Ushbu fotosurat 2020-yil 24-may kuni – Iyd al-Fitr (Ramazon hayiti) bayrami kuni olingan.

Isroil polisiyasi al-Aqso masjidi tashqarisida hayit namozini o‘qiyotgan falastinlik musulmonlarni kuzatib turishibdi.

Namozxonlar bir birlari bilan masofa saqlagan holatda hayit namozini ado etyaptilar. Tehron

Musulmon ayollar niqobda, bir birlari bilan masofa saqlab hayit namozi paytida ibodat qilmoqdalar. Tehron

Pokistonlik musulmonlar hayit namozida. Karachi

Turkiyadagi qadimiy Sulaymon masjidida hayit namozi ado etilayotgan payt. Istanbul

Musulmonlar hayit namozi uchun yig‘ilishmoqda. Sudan, Xartum shahri

Mahalliy majsid xodimi – niqobda hayit namozini o‘qish uchun Muhammad al-Amin masjidiga keldi. Livan, Bayrut shahri

Falastinlik ayol boshiga qog‘ozdan qilingan “do‘ppi” kiyib olgan o‘g‘illari bilan Gʻazo ko‘chalarida hayit namoziga shoshilyapti.

Mahalliy aholi bozorda hayitlik xarid qilyapti. Pokiston, Islomobod shahri

Turkiya Diniy ishlar boshqarmasi rahbari hayit namozini jamoat bilan ado etyapti. Anqara, Axmad Hamdi Akseki masjidi

Bolakay dezinfeksiyalovchi tonneldan o‘tib kelmoqda. U al-Mashun masjidida hayit namozini o‘qiydi. Indoneziya, Shimoliy Sumatra

Serbiyalik musulmonlar Xadji Xurram masjidida. Novi-Pazar shahrining janubi 

Afg‘on bola masjidga keldi... Afg‘oniston, Lag‘man provinsiyasi

Husayn ibn Ali stadioniga yig‘ilgan namozxonlar. Falastin, Xevron

Musulmonlar hayit namozi oldidan selfi tushishmoqda. Keniya, Nayrobi