Dunyoda eng xavfli selfilarni suratga olayotgan qiz

  • 07:08 / 23.08.2016
  • 12629

Anjyela ismli rus qizi dunyoda eng xavfli selfilarni suratga olmoqda, deb yozmoqda The Independent.

Nashrning ta'kidlashicha, qiz dunyoning turli burchaklaridagi eng baland binolarga qo‘tarilib, u yerda do‘stlari yordamida selfilarga tushmoqda hamda suratlarini angela_nikolau taxallusi ostida instagramda chop etmoqda.

Suratlarning ba'zilariga qarab yuraging qo‘rquvdan "jiz" etib ketadi: qiz nafaqat binolarning chekkalarida turishi, balki u yerda qo‘llariga tiranib, oyoqlarini tepaga qilgancha suratga tushishi bilan ham hayratlantiradi.

Bu suratlar o‘zining hayratlanarligi bilan katta miqdorda layklar va izohlar olmoqda. Qizning selfilari birdaniga bir nechta britan nashrlarining e'tiborini o‘ziga tortdi. Uning profilidan olingan suratlarni Daily Mail nashri ham chop etdi. Nashr odamlarni qizning jasoratini qaytarmaslikka chaqirdi.