Dunyodagi 10ta eng g‘alati yo‘l va ko‘chalar 

  • 10:06 / 01.12.2019
  • 1162

10. Eng egri yo‘l – Lombard-strit

Ломбард-стрит

Qayerda joylashgan: San-Fransiskodagi rus adirida, AQSh

Dunyodagi eng egri ko‘cha bo‘ylab yurishni istagan odam soliq to‘lashi kerak. Sakkizta burilishga ega 400 metrli yo‘l sayyohlar orasida shunchalik mashhurki, u yerda yashaydigan odamlar uchun bu muammo tug‘diryapti. Shahar hokimiyatining fikricha, haydovchilardan 10 dollar miqdoridagi to‘lov olish, bu noodatiy yo‘ldagi tirbandlik va shovqinni kamaytirishga yordam beradi. 

9. Eng dahshatli asfalt yo‘l – Ffordd Pen Lex 

Ффордд Пен Лех

Qayerda joylashgan: Shimoliy Uelsdagi Xarlex shahri, Buyuk Britaniya

Bu ko‘cha uzunligi 330 metr bo‘lib, 50 metr balandlikka ko‘tarilgan. Ba’zi qismlari 37,45% gacha qiyalikka ega. Hukumat avtohalokatlar oldini olish uchun ko‘chaning shimoliy qismidagi harakatlarni to‘xtatib qo‘ygan, u yerda avtomobillar faqatgina pastga qarab harakatlanishi mumkin. 

8. Eng musiqiy ko‘cha – Fuqarolik musiqiy ko‘chasi 

Гражданская музыкальная дорога

Qayerda joylashgan: Lankaster shahri, Kaliforniya, AQSh
Ko‘pchilik haydovchilar ko‘cha musiqasini eshita olishini aytishni yoqtiradi, ammo ba’zi yo‘llar rostdan ham kuy taratadi. 
Fuqarolik musiqiy ko‘chasi (Civic Musical Road) 400 metrga cho‘zilgan bo‘lib, undan yurganlar Joakkino Rossinining “Vilgelm Tell” operasiga uvertyuradan parcha eshitilishini aytadilar.
 
7. Eng “ofisbop yo‘l” – ko‘p qavatli Gate Tower binosi 

Gate Tower

Qayerda joylashgan: Osaka shahri, Yaponiya 
Osakadagi ofis binolaridan birida tezyurar avtomagistral Xansin yo‘li o‘tgan. Shosse 16 qavatli binoning uch qavatini egallaydi. Trassaning o‘tish yo‘li tovush izolyatsiyasiga egaligi uchun avtomobillar ofis ishchilariga hech ham halal bermaydi. 

6. Eng tor ko‘cha – Shproyerxofshtrasse 

Шпройерхофштрассе

Qayerda joylashgan: Roytlingen, Germaniya 
Bu g‘aroyib ko‘chada odam yurishi uchun yon tomoni bilan harakatlanishi kerak. Yo‘lning eng tor qismi 31 sm, eng keng joyi – 50 sm. 
Shproyerxofshtrasse ko‘chasi o‘zining noqulayligiga qaramasdan, shahar ramziga va mashhur turistik obyektga aylangan. 

5. Eng qisqa ko‘cha – Ebenezer-pleys 

Эбенезер-плейс

Qayerda joylashgan: Uik shahri, Shotlandiya 
Uning uzunligi bor-yo‘g‘i 2,6 metrni tashkil qiladi. Unda faqatgina bitta uy joylashgan. Raqami tabiiyki – 1. Bu kichikkina Mackays Hotel mehmonxonasidir. 

4. Qishki davrdagi eng uzun yo‘l – Vapusk so‘qmog‘i

Тропа Вапуск

Qayerda joylashgan: Gillam, Manitoba va Peavanuk orasida, Kanada. 
Uzunligi 752 kmga yetadiga mavsumiy yo‘l har yanvarda Kanadada hosil bo‘ladi. Qorli va muzli yo‘llar orqali mahalliy aholi tumanlararo harakatlanishi mumkin. Yilning issiq fasllarida esa faqatgina havo orqali borsa bo‘ladi. 

3. Eng qiyin yo‘l – “Sehrli karusel” 

«Волшебная карусель»

Qayerda joylashgan: Suindon shahri, Angliya 
Bu ko‘chadan yurishga qaror qilgan haydovchi keyinroq o‘zini la’natlashi tayin. Chunki uni bosib o‘tish uchun soat strelkasi bo‘ylab navbati bilan beshta kichik halqadan yurish lozim. 

2. Eng keng ko‘cha – yodgorlik yo‘li

Монументальный вал

Qayerda joylashgan: Brazilia shahri, Braziliya 
Bu shoh ko‘cha 1966-yilda ochilgan bo‘lib, kengligi 250 metrni tashkil qiladi. Mahalliy aholining orasida bu yo‘l bo‘ylab birvarakay yuzta avtomobil harakatlana olishi haqidagi afsona yuradi. 

1.  Eng uzun yo‘l – Panamerikan shossesi 

Панамериканское шоссе на карте

Qayerda joylashgan: Alyaskadan Braziliagacha 
Bu ko‘chaning umumiy uzunligi 30 000 kilometrni tashkil qiladi. u Amerikaning barcha mamlakatlarini birlashtiradi.