Dunyodagi eng baland osma ko‘priklar

  • 15:14 / 27.02.2015
  • 5248

Ko‘prik – insoniyatning eng qadimiy ixtirolaridan biri. U insonlarning o‘ziga xos me'morchiligi va tabiatni yengishga bo‘lgan ishtiyoqi ramziga aylangan. 

Ko‘priklar bois yo‘l xarajatlari qisqaradi, savdo sohasidagi va strategik ahamiyati esa o‘ta yuqori darajada baholanadi.

Xabardor.uz sizni 10 ta eng uzun osma ko‘prik bilan tanishtiradi.

 

1. Makinak (yoki “Katta Mak”) ko‘prigi.

Ko‘prik Amerikada joylashgan bo‘lib, Guron va Michigan ko‘llarini birlashtiruvchi Makino bo‘g‘ozi uzra qurilgan. Uning uzunligi – 1158 metr. 

2. Xyogakustenbron ko‘prigi.

Shveytsariyadagi Ongermanelven daryosi ustida qurilgan ko‘prik. Uzunligi – 1210 metr. 

3. Oltin darvoza ko‘prigi.

Oltin darvoza ko‘prigi AQShda bunyod etilgan. U yarimorol shimolidagi San-Fransiskoni janubdagi Marin okrugi bilan bog‘laydi. Ko‘prikning uzunligi 1280 metrga teng. 

4. Verrazano ko‘prigi.

Amerikadagi yana bir ko‘prik. Nyu-Yorkning Bruklin va Staten-Aylend tumanlarini bir-biri bilan bog‘laydi. Uzunligi 1298 metrni tashkil etadi. 

5. Tsinma ko‘prigi.

Tsinma ko‘prigi Gonkongda joylashgan bo‘lib, sharqdagi Tsing-I va g‘arbdagi Ma-Van orollarini tutashtiradi. Uzunligi — 1377 metr. 

6. Xamber ko‘prigi.

Bu ko‘prik Buyuk Britaniyada joylashgan. U Sharqiy Yorkshirni Shimoliy Linkolnshir bilan bog‘laydi. Uzunligi — 1410 metr. 

7. Junyan ko‘prigi.

Xitoydagi bu ko‘prikning uzunligi 1490 metrga teng. U ikki qadimiy shahar – Yanchjou va Chjenszyanni bir-biri bilan bog‘lab turadi. 

8. Katta Belt ko‘prigi.

Daniyadagi Katta Belt ko‘prigi haqiqatan ham o‘z nomiga munosib ravishda katta – uning uzunligi 1624 metr. U shu nomdagi bo‘g‘ozni kesib o‘tgan va Fyun hamda Zelandiya orollarini birlashtirgan.

9. Sixoumen ko‘prigi.

Xitoyliklar katta ishtiyoq bilan dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi eng uzun osma ko‘prikni qurishgan – uning uzunligi 1650 metr. Ko‘prik Tszintan va Tsetszi orollarini o‘zaro tutashtirgan. 

10. Akasi-Kaykyo ko‘prigi.

Xitoyliklardan faqat yaponlargina o‘tib ketishgan. Akasi bo‘g‘ozi uzra qad ko‘targan Akasi-Kaykyo ko‘prigi dunyoda eng uzun osma ko‘prik hisoblanib, uning uzunligi 1991 metrga teng.

O‘qishni tavsiya etamiz: 

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

Yer yuzidagi eng ko‘p odam kiradigan 10 ta muzey

Las Vegas — yirik neon metropolisi

Betakror 8 ta peyzaj

Teglar