Dunyodagi eng baxtli millat qanday yashaydi?

  • 12:55 / 29.09.2019
  • 1300

World Happiness Report 2018 hisoboti Finlandiyani sayyoramizning eng baxtli mamlakati deb tan oldi. Aslida hamma finlar ham o‘zin baxtli deb hisoblamaydi. Ular o‘z hayotlaridan mamnun ekanliklarini, ammo baxtli bo‘lish uchun buning o‘zi yetarli emasligini aytishadi. 

Qayd etish joizki, bu o‘lkada boshqa Yevropa davlatlariga qaraganda begona odamlarga eng ko‘p ishonadilar. Bu yerning ta’lim tizimi dunyodagi eng yaxshilaridan biri hamdir. Shuningdek, fuqarolar ekologik muammolarga mas’uliyat bilan yondashadi, qonunga hamda ayollar va erkaklar tengligiga rioya qilishadi. Fin suvi shu qadar tozaki, uni vodoprovoddan ichsa ham bo‘ladi. Biroq bu yerdagi odamlar kofeni ma’qul ko‘radilar. 
 
Mahalliy aholi tabiatan – pessimist. Sovuqqon, sabrli va tinch hayot tarzini yaxshi ko‘ruvchilardir. Bundan tashqari, bu yerning qishi uzun va sovuq, ayniqsa, boshqa joydan kelganlar bunga psixologik jihatdan dosh berishlari qiyin. Oktyabrdan martgacha kechqurunlari haydovchilar sizni sezmay qolmasligi uchun yorug‘lik aks ettiruvchi kiyim kiyib yurishingiz kerak.

Финляндия

Bola tug‘ilganida davlat 100 yevro miqdorida pul ajratadi. Oilada boshqa bolalar tug‘ilsa, to‘lovlar oshib boraveradi va bolalar 17 yoshga to‘lgunicha davom etadi. Maktabni tugatganida o‘smirlarga 20 ming yevro berishadi. Finlar olingan pulni darrov ishlatib yuborishmaydi, o‘z xohishiga ko‘ra ishlatishi uchun ulg‘ayib qolgan farzandiga beradilar.

Haftasiga ish vaqti o‘rtacha 37,5 soatni tashkil qiladi. Belgilangan vaqtdan ko‘p ishlasa, bu soatlar uchun rahbar ikki karra ko‘p maosh to‘laydi. Finlar o‘z vaqtini juda qadrlaydilar.

Финны

Finlandiyada uy hayvonlari masalasiga ham katta mas’uliyat bilan qaraydilar. Ko‘chalarda uysiz mushuklar va itlarni uchratmaysiz, jonivorning egasi uni qarovsiz qoldirsa, albatta sohibini topib, anchagina jarima to‘lattirishadi.
 
Tibbiyot ham oliy darajada rivojlangan, biroq jiddiy kasal bo‘lmaganda, masalan, shamollash, bosh og‘rig‘i yoki kichik jarohatda sizga faqatgina harorat tushiruvchi dori berishadi. 

Nafaqaxo‘rlar bu mamlakatda faol hayot tarzini kechiradilar, davlat ular uchun qayg‘uradi. Qariyalarga ko‘p chegirmalar bor: teatrlar, konsert zallari, muzeylar, sport zallariga borish, shahar transpotlaridan foydalanish kabilar. Ular restoranga borish, taksida yurish, turli xizmat va tovarlar uchun to‘lov qilish, shuningdek, dunyoning istalgan nuqtasiga sayohat qilishni ham o‘zlariga bemalol ravo ko‘ra oladilar. 

Finlandiya, garchi hududi jihatdan yirik bo‘lmasa ham, uni juda uzoq vaqt o‘rganish mumkin. Faqatgina shu yerda qoyadagi noyob cherkovni, metall quvurlardan iborat yodgorlikni ko‘rasiz, shuningdek, turli-tuman qiziqarli muzeylarga borishingiz hamda rang-barang bog‘larni kezishingiz ham mumkin. Laplandiya esa ko‘pni ko‘rgan sayyohni ham lol qoldiradi, chunki aynan shu yerda kiyiklarni parvarish qilishadi va yilda 150-200 kecha davomida shimol yog‘dularini ko‘rish mumkin.