Dunyodagi eng chiroyli gullar festivali: Yaponiyaga borish uchun yana bir sabab

  • 13:55 / 03.11.2019
  • 370

Bahor – Yaponiyadagi eng sehrli fasl. Butun dunyoga mashhur sakuralar tufayli emas, har yili o‘tkaziladigan betakror hodisa, Great Wisteria Festival – gullagan glitsiniyalar festivali tufayli.

Festival Totigi (Tochigi) yapon prefekturasidagi Asikaga gullar bog‘i (Ashikaga Flower Park)da o‘tkaziladi. U yerda yildan-yilga aql bovar qilmas bo‘yoqlar bilan bog‘ni to‘ldiruvchi 350dan ortiq glitsiniya bor. Tashrif buyuruvchilar oq glitsiniyaning noyob gullari bilan qoplangan 80 metrli tonnel bo‘ylab sayr qilishlari mumkin.

 O‘simlik juda yoqimli hid taratadi. Unda gullar qanday o‘sishini  tasavvur qilish uchun an’anaviy akatsiyani eslash lozim. Gullarning pushti, binafsharang, sariq, oq va moviy rangdagi turlari bor.

Sayyohlarning aytishicha, mashhur bog‘larni tunda borib ko‘rish lozim. Yaponlar yoritish haqida ham ancha qayg‘urishgan. Qorong‘uda glitsiniya juda go‘zal va fantastik ko‘rinishga ega bo‘ladi. 

Bog‘ga Tokio vokzalidan poyezdda ikki soatda yetib olish mumkin.

 Festival 15-aprelda boshlanib, may oxirigacha davom etadi.


 
Quyida festival ruhini his qilishga yordam beradigan suratlardan bahramand bo‘ling.