Dunyodagi eng g‘aroyib mehmonxonalar

  • 12:01 / 01.03.2019
  • 2885

Agar sayohat qilishni xush ko‘rsangiz, mehmonxonalarning ko‘pchiligi bir-biriga o‘xshashini sezgan bo‘lsangiz kerak. Biroq dunyoda haqiqatan ham betakror mehmonxonalar bor. Bu maqolada aynan ular haqida so‘z yuritamiz.

Marmara

Bu Turkiyadagi yagona aylanuvchan mehmonxona. Marmara mehmonxonasi derazalaridan O‘rta Yer dengizi va Antaliyani ko‘rish mumkin. Bu binoning aylanadigan chordoq qismi tufayli sodir bo‘ladi.

Nou

O‘ttiz yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritmoqda. Mehmonxona – g‘ordagi uy. Xonalarga kirish uchun qoyada teshiklar ochilgan. “G‘or”dagi karavot va oshxona 30 metr chuqurlikda yer ostida joylashgan.

Attrap Reve mehmonxonasi

Bu mehmonxona Fransiyada joylashgan. Unda xonalar katta shisha kapsulalar ko‘rinishida. Mehmonxona 8 yildan beri faoliyat yuritmoqda va bu vaqt davomida sevishgan juftliklar orasida mashhurlikka erishdi. Tashrifchilar istagiga qarab kapsula berkitiladi va xona ichiga elektr quvvati beriladi.

Ice Hotel

Undagi barcha narsalar qor va muz bo‘laklaridan yasalgan. U Shvetsiyada joylashgan. Ichkaridagi harorat 15 daraja sovuq. Har yili mehmonxona egasi uni qayta sozlashiga to‘g‘ri keladi, axir iliq kunlar kelishi bilan u erib ketadi.

Qumli qo‘rg‘on

Mehmonxona Buyuk Britaniyada joylashgan. Uni bolaligida qumdan qasrlar qurishni xush ko‘rganlar yuqori baholashadi. Xonaning narxi – kuniga 15 dollar. Mehmonxonaning bitta jiddiy kamchiligi bor – u yerda yopiq hojatxona mavjud emas.

Teglar