Dunyodagi eng g‘aroyib poyezdlar TOP 7 taligi (+video, foto)

  • 15:32 / 03.11.2019
  • 1064

Temiryo‘l qurilishi insoniyatning transport sohasida qilgan eng katta yutuqlaridan biriga aylandi. So‘nggi yillarda poyezdlar uchun turli xil temiryo‘llar qurildi. Bu yo‘llarning ba’zilari juda ajoyib ekzotik joylardan o‘tadi. Betakror ko‘rinishdagi temiryo‘llar esa turistik zonalarga aylangan, desak xato bo‘lmaydi. Chunki ko‘pchilik ularni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga qiziqadi. Biz ham ularni sizga ilindik. 

1.  Blumer kesmasi

ТОП-7 Самых необычных железнодорожных путей

AQShning Kaliforniya shtatidagi birinchi temiryo‘llardan biri. Mazkur yo‘l tepaliklar orasidan o‘tgani bilan boshqalaridan ajralib turadi. Yo‘l 1860-yillarda yog‘ochdan qurilgangan bo‘lib, uning uzunligi 150 metrni tashkil etadi. O‘sha vaqtda odamlar bu qurilishga “dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi” deya ta’rif berishgan. 

2.  19 qavatli uy orasidan o‘tadigan temiryo‘l

Chuntsinda g‘ayrioddiy ko‘pqavatli uy bor. Qurilish vaqtida arxitektorlar 19 qavatli bino orasida atayin poyezd uchun joy qoldirilgan. Aholi zij yashaydigan Xitoyning bu shahri uchun mazkur holat u qadar ajablanarli emas. 

3.  Xanoedagi poyezd

Bunday temiryo‘lni ko‘rmaganligingiz aniq. Vetnamning Xanoe shahridagi tor ko‘chadan o‘tadigan poyezdga aholi ham ko‘nikkan. 

4.  Hindenburgdamm

Germaniyada ajoyib bo‘lgan Hindenburgdamm to‘g‘oni mavjud. Ajoyibligiga sabab, to‘g‘on yuqorisadan 11 kilometrlik temiryo‘l o‘tgan. Bu yo‘l Silt oroli bilan materik o‘rtasidagi masofani bog‘lab turadi. Ushbu muhandislik mo‘jizasi 1927-yili yaratilgan. Undan har kuni 100 dan ortiq poyezdlar o‘tadi.

5.  Eng uzun tunnel

Gotthard dunyodagi eng uzun temiryo‘l tunnellaridan biridir. U Shveysariyadagi Alp tog‘lari orqali shimoliy va janubiy Yevropani bir biriga bog‘lab turadi. 57 kilometrlik temiryo‘lning rasmiy ochilishi 2016-yilda bo‘lib o‘tgan. 

6.  Viaduk (yo‘l ustidan o‘tgan ko‘prik)

Shveysariyada joylashgan Brusioda ajoyib aylana hosil qilgan Viaduk temiryo‘lini uchratish mumkin. Aylanma yo‘lning uzunligi 110 metrni tashkil etadi. 

7.  Uchish yo‘lagidan o‘tgan temiryo‘l

Yangi Zelandiyadagi Gisborn mintaqaviy aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab eng g‘ayrioddiy temiryo‘l o‘tgan. Samolyotlarning qo‘nishi yoki parvoz qilishi vaqtida bu yerdagi poyezdlar harakati to‘xtatiladi.