Dunyodagi eng g‘aroyib velosipedlar

  • 13:11 / 23.04.2019
  • 1292

Bahor kirib kelishi bilan ko‘pchilik velosiped minishga oshiqadi. Bu sog‘liq uchun ham foydali, benzin uchun sarflanadigan pulni ham tejaydi. Quyidagi to‘plamni ko‘ring, unda velosipedlarning eng g‘aroyib modellari to‘plangan. To‘g‘ri, ularda uchib ko‘rishning iloji yo‘q, chunki ular muzey eksponatlari sanaladi.

Calfee Road

Bu velosiped bambukdan ishlangan. Shunga qaramay, u baquvvat va mustahkam. Ramasi qalin bo‘lgani uchun yiqilganidan keyin ham velosiped zarar ko‘rmaydi. Ushbu model buyurtmaga asosan turli ranglarda tayyorlanadi.

Penni Farting

Mana bu velosipedning bitta g‘ildiragi boshqasiga qaraganda ancha katta. Eslatib o‘tamiz, velosipedlarning ilk modellari aynan shunday ko‘rinishda bo‘lgan.

Felt IA2 Matte Carbon

Mana bu model esa karbondan ishlangan rama bilan jihozlangan. UHC Advanced kompaniyasi ishlab chiqaruvchilari to‘qishning g‘aroyib TeXtreme texnologiyasini yaratishdi. Bugungi kunda u dunyodagi eng yaxshisi sanaladi. Ushbu texnologiya maksimal darajadagi barqarorlikni va yuqori amortizatsiyani ta'minlaydi.

Renovo TT

Bu velosiped tezligini soatiga 48 km gacha yetkazishi  mumkin. Velosipedning ramasi qora yong‘oq daraxtidan ishlangan. Sezganingizdek, tezlik bilan bog‘liq xususiyatlarga ega.

Waldmeister Single Speed

Mana bu velosiped esa qo‘lda yasaladi va juda qimmat turadi. Waldmeister tabiiy yog‘ochdan ishlanadi.

BMC Track

Tezlik ishqibozlari ushbu velosipedni yuqori baholashadi. Vazni 7 kg dan kam bo‘lgan velosiped tezligini soatiga 52 km gacha oshirishi mumkin.

Teglar