Dunyodagi eng katta qor labirinti  

  • 14:11 / 02.12.2019
  • 978

Labirint deganda, kirsang chiqishing muammo bo‘lgan, adashtirib holdan toydiruvchi chalkash yo‘llar ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Biroq Polshadagi “Snowlandia Zakopane” istirohat bog‘idagi labirintga tushib qolsangiz, ko‘nglingiz chog‘ bo‘ladi. Qordan yasalgan bu labirint devorlari 2 metr balandlikda, maydoni esa 2 ming 500 kvadrat metr joyni egallagan. Mana bir necha yildirki, dunyodagi qordan yasalgan eng katta labirint sifatida shuhrat qozonib keladi.  Uning go‘zalligidan yil 12 oy bahra olish mumkin.

Teglar