Dunyodagi eng mitti jonivorlar

  • 17:50 / 20.05.2019
  • 544

Tabiat shu darajada xilma-xilki, undagi jami jonivorlarning nomini aniq yod olish imkonsiz. Ayrimlarini har kuni uchratamiz, boshqalari esa hayotda umuman ko‘zga tashlanmaydi. Fauna vakillaridan ba’zilari hozirda umuman mavjud emas. Qaysidir biri uy o‘lchamiga ega (fil va kit), boshqalari esa katta turlarning o‘yinchoq nusxasiga o‘xshab ko‘rinadi. E’tiboringizga eng mitti jonivorlar to‘plamini havola qilamiz.

Cho‘chqaburun ko‘rshapalak

Bu mittivoy ko‘rsatkich barmoqning 1-2-chiziqlari orasiga bemalol sig‘adi. Nima uchun bunday atashlarining sababi noma’lum: burni oddiy ko‘rshapalaklarnikidan farq qilmaydi.

Etrussk yer qazuvchisi

U rasmiy ravishda dunyodagi eng mitti jonivor sanaladi: vazni 1,8 gr (rekord – 1,2 gr XIX asrda Sardiniyada qayd etilgan). O‘zining 30 ta tishi bilan yer qazuvchi mitti doimiy ravishda ovqatlanadi. Bir sutkada u o‘z vazniga qaraganda ikki marta ko‘proq ovqat yeydi. Bu super darajali moddalar almashinuvi bilan izohlanadi: yuragi daqiqasiga bir yarim ming marta uradi.

Kichkina ohu

Erkak kishining oyoq kiyimichalik keladigan (25-30 sm) tuyoqli jonivorni tasavvur qiling. Bu ohular G‘arbiy Afrikada yashaydi, juda hurkak. Qo‘rqqan vaqtida 2,5 metrgacha sakrashi mumkin. Oyog‘ingiz ostidan chiqib, boshingizdan balandga sakraganida yuragingiz qinidan chiqqudek bo‘lishi aniq.

Ingichka Karla

Uzunligi 10 sm bo‘lgan qora ilon. U Barbados orollarida yashaydi. Ko‘zi ko‘rmaganligi uchun o‘ralar va toshlar orasida yashaydi. Uning yeguligi chumoli va termitlardan iborat.

Paedophryneamauensis

Bu qurbaqa eng kichik umurtqali jonivor sifatida «medal»ni qo‘lga kiritgan. Mini-qurbaqaning uzunligi bor-yo‘g‘i 7,7 mm. Qolgan jihatlari boshqa qurbaqalarnikiga o‘xshash: vaqillaydi, chivinlarni ovlaydi va uzoqqa sakraydi.

Fonusli akula

Bu qo‘rqinchli maxluqdan Gulliver sarguzashtlaridagi liliputlargina cho‘chiydi. Akulaning o‘lchami katta odamning kafti (21 sm) ga teng. U 400 metrgacha chuqurlikda yashaydi va dengiz zim-ziyosida nur sochadi.

Vechur sigirlari

Kattaligi bo‘yicha chempion bo‘lgan mitti sigirlar. Bu yerda nafaqat evolyutsiya, balki odamlar harakat qilishgan. Balandligi 1 metrgacha, biroq o‘z o‘lchami uchun ko‘p sut beradi (3 litrga yaqin). Bu turni yaratgan hindular ular bergan sut mahsulotlari yaxshi o‘zlashtiriladi va hatto davolovchi xususiyatlarga ham ega deb hisoblashadi.

Teglar