Dunyodagi eng uzun tramvay

  • 08:49 / 18.02.2019
  • 2809

Tramvay – eng qulay transport turlaridan biri. Ko‘pchiligimiz uni relslardagi vagon sifatida tasavvur qilamiz. Yoki bir biriga mahkamlangan ikkita vagon. Biroq ishonch bilan aytish mumkinki, ikkita vagon – eng katta ko‘rsatkich emas.

Masalan, Budapeshtda dunyodagi eng uzun tramvaylar yuradi. Ular to‘qqizta seksiyadan iborat. Poyezdni yodga soluvchi ana shunday tramvayning jami uzunligi 55 metrga yaqin.

 

Bunday tramvaylar Urbos 3 deb nomlanadi va Ispaniyada mashhur CAF kompaniyasi tomonidan tayyorlanadi. Bu kompaniya buyurtmachini qiziqtirgan o‘lchamni tanlash imkoniyatini beradi. Mamlakatlar asosan 5 ta seksiyadan iborat tramvaylarga buyurtma berishadi, biroq istisno modellar ham bo‘ladi. Masalan, eng uzun tramvay 9 seksiyadan iborat. Dastlab u sertifikatlashtirish va test sinovlaridan o‘tgan. U 350 nafarga yaqin yo‘lovchini sig‘dira oladi. Bu transport barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahon rekordlarini qo‘lga kiritgan.

 

 

 

Tramvaydagi pol qismi past darajada ekani bilan ajralib turadi. U konditsioner, yo‘lovchilarni hisoblagich, ma'lumot videotizimlari bilan jihozlangan. Shovqin darajasi minimal darajada. Kelajakda vagonlarda quvvat to‘plagichlarni o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu quvvat yetishmaydigan yoki noqulay joylarda uzluksiz harakatlana olish uchun zarur.


Teglar