Dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyaning birinchi klassida parvoz qanday kechadi?

  • 14:02 / 18.04.2017
  • 15897

Massaj kursili shaxsiy kupe, spa-dush, bosh oshpazdan eks­klyu­ziv taomlar — bularning bari o‘zingizni qirollik oilasiga mansubdek his etishingiz uchun taqdim etiladi! 2017 yilda TripAdvisor sayti Emirates'ni dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb e'lon qildi. Eng yaxshi fazo kemalarining ro‘yxatini tuzish va g‘olibni aniqlash uchun TripAdvisor millionlab izohlarni o‘rganib chiqdi. 

Ko‘plab omillar, jumladan, oyoqlar uchun qulaylik, kursilarning shinamligi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, tozalik, ovqat va ichimliklar, shu bilan birga, narx va sifatga bo‘lgan munosabatlar ham hisobga olindi. 

Uzoq davom etgan saralash natijasida Yaqin Sharqdagi taniqli avia­kom­pa­niya faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Emirates 32 yil avval tashkil qilingan bo‘lib, o‘zining qulay tejamkor klass va hashamatli birinchi klass salonlari tufayli butunjahon e'tirofiga sazovor bo‘ldi. 

Birinchi klass uchun chiptalar arzon emas: Londondan Dubayga sayohat va qaytish deyarli 4,8 ming dollar bo‘ladi, biroq bu pullar evaziga Emirates yo‘lovchilarga unutilmas hissiyot va taassurotlarni taqdim etadi.  

Emirates avia­kom­pa­niyasining A380 layneridagi birinchi klassda parvoz mana shunday bo‘ladi. 

Emirates kutish xonasi quyidagicha ko‘rinishga ega. Agar siz birinchi klass yo‘lovchisi bo‘lsangiz bort kuzatuvchisining o‘zi sizni kutib oladi va joyingizgacha kuzatib qo‘yadi. Sizning ixtiyoringizda maxsus kupe, eshiklari yopiluvchi bejirim xona bo‘ladi. 

Charmli o‘rindiq beli osonlik bilan gorizontal holatga keladi va qarabsizki, yumshoqqina karavot paydo bo‘ladi. barcha shart-sharoitlar siz o‘zingizni xuddi shohona mehmonxonada ketayotgandek his qilishingiz uchun.

Kupeda shuningdek, Bvlgari brendiga tegishli sumkachani topasiz, uning ichida soqol olish uchun krem, tish pastasi va chyotkasi hamda dezodorant olasiz. Kupe yaltirov yog‘och panel va oltindan ishlangan. 

Emirates kompaniyasining A380 samolyotida birinchi sinf uchun bor-yo‘gi 14ta joy mavjud. Shu sababli, har bir mijoz induvidual xizmat so‘rashga haqli. 

Agarda siz 12 km balandlikda salqinlanishni istasangiz, yuvinish xonasi va ikkita spa-dushdan foydalanishingiz mumkin. 

Yuvinib bo‘lgach, kupega qaytganingizda, sizni likop to‘la mevalar va asal qarshi oladi. 

Istalgan vaqtda bosh oshpazning taomiga buyurtma berishingiz mumkin, ular ovqatni Royal Doulton chinni buyumida keltirishadi. 

Qarabsizki, kupe mini-restoranga aylanadi. 

Parvoz davomida yo‘lovchilar interfaol monitorda film tomosha qilishi, videoo‘yinlar o‘ynashi mumkin. O‘rindiqlar maxsus panellar orqali massaj vazifasini ham bajradi.

Bundan tashqari, panel orqali xonani yoritish, eshiklarni yopish va ochish mumkin. 

Albatta, Emirates birinchi klassida parvoz qilish juda ham qimmat (bitta chipta - 4,8 ming dollar) — biroq kompaniya har bir mijozini qirol va qirolichalardek kutib oladi. Bundan tashqari, birinchi klass yo‘lovchilari manzilga yetib kelgach, samolyotni avval tark etadilar.

Teglar