Dunyodagi g‘aroyib va betakror savdo maydonlari hamda bozorlar

  • 13:55 / 11.05.2019
  • 657

Bozor oziq-ovqat, idish-tovoq, kiyim-kechak va mebel kabi turli tovarlar sotib olinadigan joy. Har bir mamlakatda ushbu maqsadda qurilgan ochiq va yopiq hududlar bo‘ladi, u yerdagi assortiment esa kishini hayratga soladi, oxir-oqibat, biror narsa xarid qilish istagi paydo bo‘ladi. Savdo jarayoniga shu darajada kirishib ketamizki, ayrim paytlarda atrofni ko‘zdan kechirish, bozorning o‘zi ham qay darajada betakror va g‘aroyib bo‘lishi mumkinligini unutib qo‘yamiz.

Vik-market, Melburn, Avstraliya

Avstraliya poytaxti Melburn tumanlaridan birida 130 yillik mahalliy bozor joylashgan. Uni Vik-market yoki qirolicha Viktoriya bozori deb ataydilar. Maydoni 7 gektarga teng bozor tomiga esa quyosh batareyalari o‘rnatilgan. Turli mahsulot va buyumlar bilan to‘lib toshgan savdo peshtaxtalarida biz uchun kamyob – kenguru va koala go‘shtini ham uchratish mumkin.

Qoshg‘ar, Xitoy

O‘zining xilma-xilligi bilan kishini hayratga soladi. Uning ulkan hududiga mahsulotlar hali ham arava va eshaklarda olib kelinadi. Bu yerda istalgan narsani topish mumkin. Yangi sabzavot va mevalar, turli ziravorlar, xilma-xil go‘sht mahsulotlarini xarid qilgach, bozorda mazali taomlarni iste’mol qilish ham mumkin.

Viktualiyenmarkt, Myunxen, Germaniya

Ko‘pchiligimiz bozor odamlarning ishdan bo‘sh vaqtida, ya’ni dam olish kunlari bo‘lishiga o‘rganganmiz. Myunxen bozori esa aksincha, dam olish kunlari yopiq. Biroq ish kunlarida uchta futbol maydoni o‘lchamiga teng hudud liq to‘la bo‘ladi. Bu shahar bozori ikki yuz yillik tarixga ega. Oq-moviy rangga bo‘yalgan ustun bozor markazi bo‘lib xizmat qiladi. Uni «May ustuni» deb ham ataydilar. Bozordagi tovarlar xilma-xilligiga eng yirik supermarket ham havas qiladi. Viktualiyenmarkt nomi lotin tilidan olingan bo‘lib, victus «zaxiralar», «mahsulotlar» ma’nosini anglatadi.

Kastri, Sent-Lyusiya, Vest-Indiya

Karib dengizining qit’aga yaqin orollaridan biri - Sent-Lyusiya. Bozor Kastri shahrining markazida joylashgan. Markaziy maydonga yaqin joylashgan, katta o‘lchamga ega bozorni sezmaslikning iloji yo‘q. Bozorning asosiy o‘ziga xosligi – tropik mevalar bilan savdo qiluvchi qatorlarning ko‘pligi. U yerda nafaqat mahsulotlarning ekzotik ta’mini totib ko‘rish, balki mahalliy hunarmandlarning ijod mahsullari yaratilishi jarayonining guvohi ham bo‘lish mumkin.

Boro, London, Buyuk Britaniya

Bozor odatda markazdan tashqari shaharlarga xos narsa deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Ma’lumki, London aholisi o‘zining kibri bilan esga olinadi. Hatto bu kabi oqsuyaklarga xos megapolisda ham 250 yildan ortiq vaqt davomida shahar bozori faoliyat yuritmoqda.

Teglar