Dunyoni hayratga solgan yerosti mehmonxonasi haqida 15 ta fakt

  • 06:03 / 22.03.2019
  • 6183

Bu mehmonxona ochilishi bilanoq haqiqiy kutilmagan hodisaga aylandi. Buning sababi, uning xonalari yerdan pastda joylashgan. Biroq InterContinental Shanghai Wonderland boshqa syurprizlarga ham boy. Ular haqida suhbatlashamiz.

1. Megapolisdan 30 km uzoqlikdagi qulay joylashuv

Qurilishni boshlashdan avval mehmonlar bu joyga qanday yetib kelishini o‘ylash kerak. Yo‘l barcha sayyohlar uchun qulay bo‘lishi lozim. Odatda yirik sayyohlik obektlari buni oldindan rejalashtirishadi, Shanghai Wonderland ham bundan mustasno emas. Mehmonxona Shanxaydan 30 km uzoqlikda joylashgan.  Shunday qilib, bu yerda qoladigan mehmonlar har kuni megapolisga borishlari, Shanxay aholisi esa dam olish kunlarini ushbu mehmonxonada o‘tkazishlari mumkin.

2. Xonalar narxi 576 dollardan boshlanadi

Hozirgi kunda mehmonxona xonalarining aniq belgilangan narxi yo‘q. Agregator saytlar ma'lumotlariga ko‘ra, narx 4000 xitoy yuanidan boshlanadi, bu sutkasiga 576 dollarni tashkil qiladi. Shanxay tashqarisida joylashgan boshqa mehmonxonalarda bu ko‘rsatkich bitta tunni o‘tkazish narxi 100 dan 300 dollargacha ekani hisobga olinsa, bu ancha qimmat.

3. Mehmonxonaning bir nechta nomi bor

Rasmiy nomi InterContinental Shanghai Wonderland yoki «Shanxay mamlakat mo‘jizasi» bo‘lishiga qaramay, u boshqa nomlar bilan tanilgan. Ular orasida Tianma Pit, Shimao Quarry, Songjiang Shimao va Pit Pegasus mehmonxonasi kabi nomlar mavjud.

4. Qurilish 10 yil davom etgan

Aksariyat mehmonxonalarni qurish uchun 2-3 yil talab etiladi. Biroq Shanghai Wonderland qurilishiga 10 yil ketdi. Qurilish bunday sekin sur'atlarda borishining sababi uning luxury segmentiga tegishli ekanida emas. Ilgari dunyoda  bunday inshoot qurilmagan. Birlamchi rejalashtirishdan keyin 2006 yilda loyihani amalga oshirish uchun 5 ming arxitektor, muhandis, dizayner va ishchilar yollandi. Bundan tashqari, ish jarayoni davomida turli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etishga to‘g‘ri keldi.

5. Yangi mehmonxonani loyihalashtirgan kompaniya Dubaydagi «Burj al Arab» muallifi sanaladi

Shanghai Wonderland Xitoyda qurilganiga qaramay, loyiha Britaniyaning Atkins kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nom siz uchun hech nimani anglatmasa, Atkins tomonidan qurilgan obektlarni bilsangiz kerak.

Masalan, Dubaydagi Burj Al Arab Hotel. Bino yelkan shaklida, sun'iy orolga qurilgan. Qiziq, Atkins’ning keyingi obekti qanday bo‘larkin?

6. 151 mln dollar — qurilishning rekord darajali qiymati

Ilgari Shanghai Wonderland uchun misol tariqasida keltirish mumkin bo‘lgan mehmonxona mavjud emasligi sababli Atkins kompaniyasi va Shanxayning Shimao guruhi bir necha muammolarga duch kelishdi. Masalan, yagona javobga ega bo‘lmagan savol: 77 metrlik chuqurga beton quyish kerakmi yoki o‘raning o‘zida qum va sement qorishmasini tayyorlash talab etiladimi?  Bu muammoni hal qilishganiga qaramay, ish har ikkala kompaniyaga  1 milliard yuanga yoki 151 million dollarga tushdi.

7. Geotermal va quyosh energiyasidan foydalaniladi

Hozirda arxitekturada keng tarqalgan jihatlardan biri – ekologik xususiyat. Bu nafaqat odamning atrof-muhitga salbiy ta'siri haqida xabardorlikning ortishi sababli, balki energiyaning maqbul shakllaridan foydalanish imkonini beruvchi texnologiyalar mavjudligi sabab ommalashmoqda.

8. Energiya jihatidan samarador «yashil» tom

Ekologik toza dizaynning bir qismi sifatida Shanghai Wonderland tomi to‘liq yashil o‘tlar bilan qoplangan. Buning energiyaga qanday aloqasi bor dersiz? Biroq o‘simliklar muayyan maqsad bilan o‘tqazilgan. Ya'ni bino energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, jala vaqtida ortiqcha suvni o‘ziga singdirish.

9. Birinchi qavat so‘nggi qavat bo‘lganida…

Loyiha mualliflari yer ostida ko‘proq qavatni joylashtirish uchun ancha ter to‘kishdi. Yana sun'iy ko‘l uchun ham alohida joy hozirlash va uni jihozlash kerak. Shunday qilib, mehmonxonaning yuqori qavati birinchi qavatda, qolganlari esa yer va suv ostida joylashdi.

10. Yerosti suv sporti turlari markazi ochiladi

Ma'muriyat so‘zlariga ko‘ra, mehmonxonada suv sportining yerosti markazi ishga tushiriladi. Bu nimani anglatishi hali to‘liq ma'lum qilinmagan. Odatda bunday muassasalarda suzish, dayving va kayaking uchun sharoitlar yaratiladi.

11. Mehmonlar mehmonxonadan chiqmasdan tarzankadan sakrashlari mumkin

Suv sportini xushlamaydiganlar uchun Shanghai Wonderland’da boshqa sport turlari bilan shug‘ullanish imkoni mavjud bo‘ladi. Mehmonxona 80 metr chuqurlikda joylashgani sababli banji-jamping va toqqa chiqish uchun imkoniyat mavjud. Ahamiyatlisi, bu yerda hamma narsa tabiiy. Yana bunday chuqurlikda tarzankadan ham sakrash mumkin. Mehmonxonada piyodalar yo‘lakchasi ham yotqizilgan. U shishadan ishlangan.

12. Sun'iy sharsharaga olib boruvchi zinapoyali yo‘l.

Shishali yo‘lakchadan yurishdan qo‘rqadiganlar uchun yana bir yo‘l yotqizilgan. Suratiga qarab uning metaldan ishlanganini aytish mumkin.

13. Ichkarida yana bir sharshara bor

Birinchisidan farqli ravishda uni haqiqiysidan ajratib bo‘lmaydi. U intererning bir qismi hisoblanadi va yaxlit dizaynga juda mos tushgan.

14. Har bir xonadagi ayvon faqat suvning ostidagina emas

Mehmonxona ma'muriyati har bir xonada ayvon borligini ta'kidlamoqda. Bu ancha «yuqorida» joylashgan xonalarga tegishli bo‘lsa kerak. Chunki suv ostidagilarida ayvon bo‘lmasligi aniq.

15. Mehmonlar xizmatga 10 dan 7,5 bahosini berishgan

Mehmonxona noyabr oyidan beri ishlayotgani uchun agregator saytlarda ilk fikrlar ham paydo bo‘ldi. Mehmonxonaning umumiy bahosi 10 dan 7,5 ni tashkil qilmoqda. Mehmonlar yashash uchun qulaylikni yuqori baholashmoqda. Tashrifchilar ingliz tilida so‘zlashuvchi xodimlarning yo‘qligi, rozetkaga o‘tkazuvchilarning yetishmasligidan shikoyat qilishmoqda. Shuningdek, restorandagi ovqatlar xilma-xil va arzonroq bo‘lishi mumkinligini ta'kidlashmoqda. Mehmonlarni bino konstruksiyasi, shuningdek, har kuni kechki payt uyushtiriladigan lazershou eng ko‘p hayratga solmoqda.

Teglar