Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

  • 14:17 / 01.09.2016
  • 16307

Dunyoda tinimsiz halokatlar, urush, notinchliklar bo‘layotgan bir vaqtda, yaxshilik qilish uchun doimo sabab topiladi. Yaxshi, mehribon insonlar bor ekan, bu olamda yana yashaging kelaveradi. 

Biz atrofimizda yovuzlikdan ko‘ra mehr-muhabbat ko‘pligiga ishonamiz va bunga bir necha hayotiy misollarni keltiramiz. Bu suratlarni ko‘rib, insonlar kimningdir birgina quvonchi, tabassumi uchun o‘z manfaatidan voz kechishi yoki hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligiga guvoh bo‘lasiz.

Autizmga chalingan bola Olli Jons ismli bola tug‘ilgan kunida o‘ziga ikkita tabriknoma yasaydi. Bu esa onasini ta'sirlantirib yuboradi va u feysbuk foydalanuvchilaridan o‘g‘li uchun tabrik yo‘llashlarini iltimos qiladi. Mehribon insonlar bunga befarq bo‘lishmadi va Olli butun dunyo bo‘ylab qirolichadan ko‘proq 20 000ga yaqin tabriklar qabul qildi. 

 

Den ismli erkak har chorshanba va payshanba kunlari otasi davolangan rakka qarshi markaz shifokorlariga qahva sotib oladi

 

Keydj Xenkok-Stivens doimo politsiya xodimi bo‘lishni orzu qiladi, biroq uning butunlay ko‘zi ojiz. Politsiya xodimlari unga kutilmagan sovg‘a qilib, patrul xizmatiga ishga olishdi.

 

Bu kichik qizcha o‘zining ajoyib do‘konini ochdi. Ko‘rinishidan bu juda oddiy do‘kon va unda faqat bir narsa mavjud. U o‘zi chizgan kamalaklarni barchaga bepul tarqatadi. 

 

Belal ismli bola Bangladeshda suv toshqini bo‘lgan vaqt o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, bug‘uni qutqardi. 

 

Restoran ishchisi tashqarida keksa kishinining yomg‘ir tagida qolganini ko‘rib, unga soyabon tutib turdi va mashinasigacha kuzatib qo‘ydi. 

 

Politsiyachilar onalari shifoxonaga tushib qolgan bolalarga kechki ovqat tayyorlab berishdi.

 

Bu kishi bozorda toshbaqani sotib olib, uni yana dengizga qo‘yib yubordi. 

 

To‘rt yoshli bolakay ariq ichida uchta toshbaqani ko‘rib qoladi va ota-onasi bilan qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qiladi. Bolakay qutqaruvchilar toshbaqalarni qutqarmagunga qadar, joyidan jilmadi. 

 

Juliya Zayznevski onasiz qolgan bu go‘dak koalani asrab oldi. Hozir esa bu koala katta bo‘lib, o‘z tutingan onasiga ishlarda yordam beradi.

 

Daun kasalligiga chalingan Shon Mererning ota-onasi maktabda bolalar farzandining ustidan kulishini sezib, birinchi sentabrarafasida Facebook foydalanuvchilariga yordam so‘rab murojaat qilishdi. Natija esa kutilmagan bo‘ldi. Bir guruh mototsiklchilar  Mererning uyiga kelib, Shonni birinchi o‘qish kuni bilan qutlashdi va unga maxsus shlem sovg‘a qilishdi.

Petrozavodskdagi veterinarlik markazi shifokori Mariya Firsova sichqon bolasining shikastlangan qo‘liga gips qo‘ydi.

 

Polshalik sportchi Pyotr Malaxovskiy Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada qo‘lga kiritgan oltin medalini uch yoshli Olekga yordam berish uchun auksionda sotib yubordi. Olek retinoblastoma ― ko‘z setchatkasi o‘simtasi. Medal polshalik milliarder Dominika i Sebastyan Kulchik tomonidan 126 ming dollarga sotib olindi.

 

Kanadalik Vayolet va Allen Larj lotoreyada 11 million dollardan ortiq pul yutib olishdi. Ular bu pullarni muhtoj insonlarga ulashishga qaror qilishdi: pullar shifoxona (jumladan,Vayolet kimyoterapiya o‘tkazgan onkologiya bo‘limi), yong‘in xizmati, Qizil hoch va  Qutqaruv armiyasiga o‘tkazildi. Qariyalar pulning bir qismini qandli diabet va Alsgeymer kasalligining tadqiqotiga ham ajratishdi.

Teglar