Dunyoning 30ta turli shahridagi ko‘chalar qanday ko‘rinishda?

  • 22:40 / 08.06.2019
  • 598

Ko‘chalar shahar, hatto davlatning yuzi sanaladi. Ko‘pchiligimizda shunday holat yuz bergan: film tomosha qilish jarayonida kadrdagi ko‘cha aqlingiz va qalbingizni zabt etadi. Tarmoqda uni izlab, uni turli rakurslardagi tasvirlarini tomosha qilmaguncha uxlay olmaysiz. Ko‘pincha sayohatlar to‘g‘risidagi orzular aynan shu tariqa tug‘iladi. O‘rindiqli ko‘chani ko‘rib, kitobdagi ko‘cha sahnasini o‘qib, mazkur uzoq shaharlardagi hayot tarzi qanday ekanini tasavvur qilishni boshlaymiz.

Bugun dunyoning turli shaharlaridagi 30 ta ko‘chani e'tiboringizga havola qilamiz. Hech bo‘lmasa ulardan bittasiga sayohat qilish istagi paydo bo‘lishi tabiiy.

Jaysalmer sariq qumi quyoshda tovlanadi. Hindiston.

Santorini – kichik dumaloq arxipelagdagi eng katta orol. Gretsiya.

Sloup bog‘i, Bruklin, Nyu-York. AQSh.

Shuki-Roud — Yangi Taybeydagi ilhom manbai. Tayvan.

Marokashning xilma-xil bozorlari. Marokash.

Kartaxena — Yerdagi eng romantik shaharlardan biri. Kolumbiya.

Oksforddagi Brod-stritdagi Balliol kolleji. Buyuk Britaniya.

Gavanada kuz fasli. Kuba.

Kiotodagi Ninezaka ko‘chasidagi geyshalar. Yaponiya.

Alachati ko‘chalaridagi moviy derazalar.

Umbriyada har bir kishi uchun o‘ziga xos jihat topilishi aniq. Italiya.

Belizdagi Playya Asunson ko‘chasi.

Suchjoudagi kanallar bo‘ylab odamlar tez-tez sayohat qilishadi. Xitoy.

Parijdagi Monmartr «Aziyat chekuvchilar g‘ori» sifatida mashhur. Fransiya.

Barselona – betakror arxitektura qirolligi. Ispaniya.

Gamiltondagi Front-strit. Bermud orollari.

Salvador da Baiya —Baiya shtati poytaxti. Braziliya.

Soy Rambuttrida Bangkokning eng mazali taomini tatib ko‘rish mumkin. Tailand.

Aleksandriya — Misrdagi kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi shahar.

Amsterdam kanal va ko‘priklarga liq to‘la. Niderlandiya.

Suss, «Saxel durdonasi» deb ham ataladi. Tunis.

Budapeshtdagi Avliyo Stefan bazilikasi manzarasi. Vengriya.

Mazkur tog‘ — Janubiy Amerikaning eng g‘aroyib obidalaridan.

YuNeSKO Evorani «muzey shahar» deb nomlagan. Portugaliya.

Lindau - ertakmonand shahar. Germaniya.

Xararda qadimiy qurilmalar juda ko‘p . Efiopiya.

Autbek Kvinslend, Avstraliya.

Sankt-Peterburg — go‘zallikka to‘la, gavjum shahar. Rossiya.

Kvebek bizni qish fasli u qadar yomon emasligi haqida o‘ylashga majbur qiladi, Kanada.

Dubrovnikda «Taxtlar o‘yini» seriali suratga olingan. Xorvatiya.

Teglar