Dunyoning 6 ta eng yuqori texnologik shaharlari 

  • 17:30 / 01.12.2019
  • 868

Tezkor internetga ega ko‘cha chiroqlari, yirik IT-kompaniyalarning bosh qarorgohlari, ko‘plab muvaffaqiyatli texnologik startaplar, shuningdek, virtual supermarketlar va kofe pishiradigan robotlar – bularning barchasi sayyoramiz dagi eng innovatsion shaharlarda mavjud. Biz bugun dunyoning ilg‘or texnologlari va yuksak onglari to‘plangan oltita megapolis haqida gapirib beramiz.

Amsterdam, Niderlandiya 

Amsterdam o‘zini xalqaro texnologik maydonda jiddiy o‘yinchi sifatida ko‘rsatgan. Bu yerda 1,65 mingdan ortiq texnologik kompaniyalar ishlaydi, ularda 69 ming kishi mehnat qiladi (mahalliy ishchi kuchining qariyb 13%). Niderlandiya poytaxtida 170 ta xalqaro IT-kompaniyalarning shtab-kvartirasi joylashgan bo‘lib, ular har doim yangi iqtidorli mutaxassislarni qabul qiladi. Shuning uchun Amsterdamga ko‘plab chet elliklar ko‘chib kelishadi. Gollandiya megapolisi aholisining qariyb 90 foizi ingliz tilida gaplashadi.

Ushbu texnologiyaga yo‘naltirilgan shahar startaplar uchun ideal joy. Yangi loyihalarni boshlash va rivojlantirishga yordam beradigan ko‘plab inkubator va akseleratorlar mavjud. Bundan tashqari, Amsterdamda ortiqcha ishlash rag‘batlantirilmaydi: odamlar ko‘p vaqtini dam olish va oilasi bilan muloqotga sarflaydi. Xodimlarning atigi 0,4% ofisda ko‘p soat sarflaydi. Xorijiy IT mutaxassislari uchun yana bir bonus: dastlabki sakkiz yil davomida ish haqining 30 foizini soliqqa to‘lamasligi mumkin. Bundan tashqari, ularning o‘rtacha daromadi yiliga 64,4 ming yevroga teng.

Seul, Janubiy Koreya 

Janubiy Koreya poytaxti innovatsiyaga to‘la. Hatto ko‘cha chiroqlari yuqori tezlikda ishlaydigan Wi-Fi chiqaradi, aqlli video kameralar Twitter’da rasmlarni nashr etadi va qahvaxonalarda robotlar kofe tayyorlashadi. Seul metrosi alohida e’tiborga loyiq. Nogironlar uchun liftlar, hojatxonalar, taktil plitkalar, platforma va relslar o‘rtasida shisha pollar mavjud. Va poyezdlarni kutayotganda, yo‘lovchilar virtual supermarketda QR kodini skanerlash orqali mahsulotlarga buyurtma berishlari mumkin. Shu bilan birga, yo‘l haqi atigi 1,5 $. 

Koreya poytaxtida ko‘chmas mulk dunyoning boshqa shaharlariga qaraganda ancha arzon. Kvartiraning o‘rtacha narxi 533 ming dollarni tashkil qiladi va Janubiy Koreya biznes yuritish uchun eng qulay bo‘lgan beshlikka kiradi. Bundan tashqari, u berilgan patentlar soni bo‘yicha rekordlarni qayd etadi. Patent qonunchiligiga doimiy ravishda murojaat qiladiganlar orasida LG Electronics va Samsung Electronics texnologik konglomeratlari bor. 2017-yilda ular 7,6 ming va 5,2 ming ishlanma va texnologiyani ro‘yxatdan o‘tkazdi.

London, Buyuk Britaniya 

London Yevropaning eng yirik texnologik klasteridir. U tobora rivojlanib borayotgan global innovatsiya va ijod markaziga aylanmoqda. Faqatgina 2019-yilning birinchi yarmida mahalliy texnologiya kompaniyalari 3,2 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdordagi investitsiyalarni jalb qildi. Londondagi startap maydoni bir nechta sohalarni, jumladan, sun’iy intellekt, chakana savdo va moliyaviy texnologiyalar hamda blokcheynni o‘z ichiga oladi. Agar Xitoy va AQShni hisobga olmasangiz, dunyodagi boshqa mamlakatlarga qaraganda texnologik startaplar Buyuk Britaniyada ko‘proq yaratiladi.

Londonda Yevropadagi eng tez rivojlanayotgan texnologik kompaniyalarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i to‘plangan. Barclays, BP, Monzo, Revolut, TransferWise, ASOS ofislari shu yerda joylashgan. Buning ajablanarli joyi yo'q: britaniyaliklar biznes yuritish uchun barcha sharoitlarni yaratdilar. Iqtidorli mutaxassislar hukumatdan grantlar va soliq imtiyozlarini olishadi. Bu yerda siz kompaniyani tez va arzon ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. Texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar uchun Tech Nation Visa ham ishlaydi, bu esa mamlakatga borishni osonlashtiradi.

Nyu-York, AQSh  

Nyu-York nafaqat banklar to‘plangan va Broadway hisoblanadi. Amerika megapolisi venchur kapitalining ulkan hajmi va dunyoning turli burchaklaridan kelgan minglab yuqori malakali mutaxassislar tufayli eng innovatsion shaharlardan biri hisoblanadi. Texnologik korporatsiyalar va startaplar mahalliy iqtisodiyotning asosiy qismini tashkil etadi. Nyu-Yorkda WeWork, Verizon, IBM, Citigroup, Kickstarter, Twitter, Tumblr ofislari mavjud. Shuningdek, Microsoft laboratoriyasi va Google biznes markazi ham bor.
Shaharda ish va shaxsiy hayot o‘rtasida sog‘lom muvozanatni saqlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ottiqcha ishlashga qarshi kompaniyalarning rahbariyati bu yerda moslashuvchan ish tartibini o‘rnatadilar, muntazam ravishda oilaviy ta’tillar tashkil qiladilar va ishchilarni ta’tilni qoldirmaslikka chaqiradilar. Nyu-Yorkda yashash narxlari shahar holatiga mos keladi. Shunday qilib, Manxettendagi o‘rtacha ijara oyiga 3,2 ming dollarni tashkil etadi – bu o‘rtacha ish haqining 82 foizi. Boshqa joylarda uy-joy qurish ancha arzon.

Tokio, Yaponiya 

Garchi Yaponiya poytaxti ro‘yxatimizdagi boshqa shaharlar singari innovatsion ko‘rinishga ega bo‘lmasa-da, u dunyodagi eng texnologik rivojlangan shaharlardan biridir. Tokio o‘zining tezkor yo‘lovchi poyezdlari, eng yaxshi robototexnika, 3D-modellashtirish va ilg‘or dasturiy ta’minot borasida muvaffaqiyat qozongan. Shahar nafaqat yosh startaplarni, balki dunyoga mashhur korporatsiyalarni jalb qiladi: SoftBank, Hitachi, Toshiba, Mitsubishi, Sony Corporation. U o‘z maqomi uchun mahalliy aholining mehnatsevarligidan minnatdor bo‘lishi kerak.

2020-yilgi Olimpiada arafasida Tokio yuzni tanish texnologiyasini ishga tushirdi, transport, kasalxonalar va moliyaviy xizmatlar uchun sun’iy intellektga katta mablag‘ sarfladi. Qizig‘i shundaki, barcha chiqindilarning 90 foizi Yaponiya poytaxtida qayta ishlanadi. Yevropada bu ko‘rsatkich 60% ni, Rossiyada 7,5% ni tashkil qiladi. Alohida yig‘uv idishlari shaharning barcha ofislarida, supermarketlarida va temiryo‘l stansiyalarida o‘rnatilgan. Tokioda ikki xonali kvartiraning o‘rtacha ijarasi 1,9 ming dollarni tashkil etadi.

San-Fransisko, AQSh 

Kaliforniyadagi San-Fransisko yarim oroli zamonaviy texnologiyalarning dunyosining tan olingan poytaxtidir. Silikon vodiysi janubi-g‘arbda paydo bo‘lganda, shahar iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan o‘sa boshladi. Ushbu innovatsion klaster kompyuterlar, mikroprotsessorlar, dasturiy ta’minot, mobil qurilmalar va biotexnologiyalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan ko‘plab yirik xalqaro kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, bu yerda Apple, Google, Facebook, HP, Intel, Amazon, Netflix, Tesla va boshqa gigantlarning ofislari mavjud.

Bugungi kunda San-Fransiskoda o‘rtacha ijara narxi oyiga 3,7 ming dollarni tashkil qilishi ajablanarli emas. Ushbu miqdorda siz faqat bitta yotoqxonasi bo‘lgan kvartirani ijaraga olishingiz mumkin. Megapolisda yashash hatto Silikon vodiysi ishchilari uchun ham qimmatga aylanmoqda. So‘nggi ikki yil ichida San-Fransiskoda uysizlar soni 17% ga o‘sdi, 5 mingga yaqin kishi uy-joyni ijaraga olishni va o‘z mashinasida tunashni afzal ko‘rmoqda. Shuningdek, mahalliy aholi orasida giyohvandlar, jinoyatchilar va ko‘chalar iflosligi haqida shikoyatlar ko‘payib ketdi.