Dunyoning badavlat 6 kishisidan tavsiya: "Hamma o‘qishi kerak bo‘lgan 30 kitob"

  • 10:40 / 10.09.2019
  • 516

O‘qish xayolotni, xotirani rivojlantiradi va so‘z boyligingizni oshiradi. Shuning uchun ko‘plab muvaffaqiyatga erishgan kishilar ko‘proq kitob o‘qishni maslahat berishadi. Bill Geyts, Mark Sukerberg, Richard Branson va dunyoning boshqa eng badavlat odamlari albatta vaqt topib, o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar haqida gapirib berishdi.

Bill Geyts, Microsoft kompaniyasining sobiq rahbari

6 миллиардеров рассказали о любимых книгах, которые советуют прочитать всем

Geyts o‘z veb-saytida vaqti-vaqti bilan uni ilhomlantiradigan kitoblar to‘plamini nashr etadi. Qizig‘i shundaki, milliarder turli qiziqarli insonlar bilan uchrashuvlarning ko‘pligiga qaramay, o‘qish xayolot dunyosiga sayr qilishning eng samarali usuli deb tushuntiradi.

Mana bu Geyts kechiktirmasdan o‘qib chiqishnni tavsiya qilgan oxirgi 5 ta kitob:

Txi Buy – “Biz qila olgan eng yaxshisi”
Metyu Desmond – “Tahqirlanganlar: Amerika qashshoqligi va farovonligi”
Eddi Izzard – “Menga ishoning: sevgi, o‘lim va jazz haqidagi xotiralar”
Viet Txan Nguyen – “Xushyoqish”
Vatslav Smil “Energiya va sivilizatsiya: tarix”

Mark Sukerberg, Facebook rahbari

6 миллиардеров рассказали о любимых книгах, которые советуют прочитать всем

2015-yilda Mark Sukerberg Facebookda o‘z sahifasini ochib, yil davomida har ikki haftada qiziqarli kitoblar haqida to‘xtalib o‘tishni odat qilgan edi. Natijada esa, albatta e’tibor qaratish lozim bo‘lgan, ajoyib ro‘yxat tuzildi. Mana o‘sha kitoblardan beshtasi:

Devid Doych – “Cheksizlikning boshlanishi”
Genri Kissinger – “Jahon tartibi”
Mett Ridley – “Aqlli optimist”
Stiven Pinker – “Bizning eng yaxshimiz”
Piter Huber – “Orvellning qismati”

Richard Branson, Virgin kompaniyasi rahbari

6 миллиардеров рассказали о любимых книгах, которые советуют прочитать всем

Branson har yili Xalqaro Kitob kunlarida inson hayoti davomida, albatta, o‘qib chiqishi lozim deb hisoblagan asarlar to‘plamini tavsiya qilib keladi. U tavsiya qilgan kitoblar orasida bolalar kitoblari, fantastika va badiiy adabiyotlarni uchratish mumkin. Quyida milliarderning fikricha, har bir kishi, albatta, o‘qishi kerak bo‘lgan 5 kitob:

Mark Tven – “Gekelberri Finnning sarguzashtlari”
Duglas Adams – “Galaktika uchun otashin ko‘rsatma”
Met’yu Sayed – “Fikrlashning qora qismi”
Karl Sagan – “Koinot”
Piter Diamandis – “Baraka: kelajak siz o‘ylagandan yaxshiroq”

Ilon Mask, “SpaceX” kompaniyasining bosh ijrochi direktori hamda Tesla direktorlar kengashi raisi

6 миллиардеров рассказали о любимых книгах, которые советуют прочитать всем

Ilon Maskdan raketa yaratishni qanday o‘rganganini so‘rashsa, u oddiy qilib “Ko‘p kitob o‘qiyman”, deb javob berib qo‘ya qoladi. Va bu bizga o‘qishning foydaligi ekanligini isbotlashning eng yaxshi usuli bo‘lib tuyuladi. Mask sevimli kitoblar ro‘yxatini tuzib yurmaydi, ammo turli intervyular va shaxsiy suhbatlarda u yaxshi kitoblar haqida mamnuniyat bilan gapiradi.

Jon R. R. Tolkin – “Uzuklar hukmdori”
Uolter Ayzekson – “Benjamin Franklin: Amerikancha hayot”
Nik Bostrom – “Superintellekt: yo‘llar, xavflar, strategiyalar”
Robert Xaynlin  – «Oy – qattiq qiyofa»
Jeyms Barrat – “Insoniyatning oxirgi ixtirosi”

Jeff Bezos, Amazon boshlig‘i

6 миллиардеров рассказали о любимых книгах, которые советуют прочитать всем

Brad Stounning “Jeff Bezos va Amazon davri” kitobining oxirida Bezos o‘qigan va u o‘z xodimlariga tavsiya etgan kitoblarning ro‘yxati berilgan. Shulardan beshtasini keltiramiz:

Kadzuo Ishiguro – “Kunning qolgan qismi”
Sam Valton – “Amerikada ishlab chiqarilgan. Wal-Martning yaratilishi»
Jim Kollinz – “Abadiy qurilgan. Kompaniyaning muvaffaqiyati”
Mark Jefri – “Ma’lumotlarga asoslangan marketing”
Nassim Taleb – «Qora qush. Ajablanarli emasligi belgisi ostida”

Uorren Baffet, Berkshire Hathaway rahbari

6 миллиардеров рассказали о любимых книгах, которые советуют прочитать всем

Uorren Baffet ko‘pincha intervyularida kitob o‘qishni yaxshi ko‘rishini aytadi. Baffet kitoblardan faktlar axtaradi. Jurnalistlar milliarderdan vaqti-vaqti bilan ularga kitoblarni tavsiya qilishni so‘rashadi. Ushbu ro‘yxatda Baffet vaqtni zoye ketkazmaydigan 5 kitobni tavsiya qiladi:

Benjamin Grem – “Oqil sarmoyachi”
Filip Fisher – “Oddiy aksiyalar va g‘ayritabiiy daromadlar”
Jek Uelch – “Jek. Mening GE’dagi yillarim”
Jon Bruks – “Biznes sarguzashtlari. 12 ta Wall Street hikoyalari”
Graham T. Allison – “Yadro terrorizmi. Eng dahshatli, lekin oldini olish mumkin bo‘lgan falokat”.

6 миллиардеров рассказали о любимых книгах, которые советуют прочитать всем