Dunyoning eng chiroyli port shaharlari

  • 23:47 / 22.09.2019
  • 1089

1.  Santorini, Gretsiya

Gretsiyadagi ko‘pchilik orollar chiroyli, ammo hech qaysi biri Santorini bilan tenglasholmaydi. Bu vulqonli qiyaliklarda joylashgan oq uychalari bilan orol odamni o‘ziga mahliyo qiladi. Orolda tashrif buyurish kerak bo‘lgan eng betakror joy – Fira. Tor labirint ko‘chalarda Kalderu manzarasi ko‘rinib turadigan kichik restoranlar, kafelar va do‘konlarni topasiz.

2.  Gongkong, Xitoy

Gongong sohiliga borish uchun eng qulay vaqt – kechqurun. Buxtadan turib Gongkong orolining osmono‘par binolardan iborat hayratomuz manzarasini ko‘rish mumkin. Santorini bilan solishtirganda, Gongkong o‘zining yirikligi, go‘zal ufqi va tengsiz shoppingi bilan lol qoldiradi. Bu joy har qanday dam olish turiga mos keladi. 

3.  Murea, Fransuz Polineziyasi

Murea – yashillikka burkangan betakror go‘zallikka ega, tinch, osuda orol. Butun orolni 3 soatda tomosha qilishga ulgurish mumkin. Feruza rangli dengiz, yashil tog‘lar hamda hayratlanarli flora va fauna sizni lol qoldiradi. Suv ostida suzishni yoqtiradiganlar esa ikki hissa mamnun bo‘lishadi. Chunki Murea dunyodagi marjon qoyalarining eng katta ekotizimiga ega  joy hisoblanadi. 

4.  Khasab, Ummon

Ta’tilni qiziqarli o‘tkazish uchun yana bir joy – Khasab. Bu shahar o‘zining hayratomuz tog‘li manzaralari, delfinlar bilan sayrlar, plyajdagi dam olish maskanlari va suv osti g‘orlaridagi dayving bilan mashhur. 

5.  Bergen, Norvegiya

Bergen Norvegiyaning g‘arbiy sohilida joylashgan. Norvegiya uchun Bergen katta shahar, ammo unda rang-barang tarix, madaniyat va an’analarga ega kichik shaharcha tarovati bor. Bergen shahar markazini o‘rab turgan yettita tog‘i bilan mashhur.