Dunyoning eng g‘aroyib 8 kinoteatri

  • 13:44 / 08.11.2019
  • 243

Kinoni uyda ko‘rganga nima yetsin? Istasangiz ovqat yeb ko‘rasiz, istasangiz choy ichib,  umuman, xohlaganingizdek ko‘rishingiz mumkin. Ajablanarlisi, o‘z uyingizdagidek sharoitlar yaratilgan kinoteatrlar ham bor ekan.
  
Ulardan biri Avstraliyaning Sidneyida. Bilasiz, u yoqlarda yoz dekabrdan boshlanadi. Yoz keldi – bu Qirollik Botanika bog‘ida kinomavsum boshlandi, degan gap. Har kuni 3 qavatli bino balandligidagi ulkan ekranda eng oxirgi filmlar namoyishi bo‘ladi. Tomoshabinlar esa ko‘ngillari tusaganiga qarab,  ovqatlanishlari, qirg‘oq bo‘yidagi o‘rindiqlarda yastanib o‘tirishlari mumkin, deb yozadi Vokrugsveta nashri.

St George Open Air Cinema, Австралия, Сидней

Londondagi Hot Tub Cinema. Bu yerga nafaqat kino ko‘rish, balki do‘stlar bilan chaqchaqlashish, gidromassaj olish uchun ham kelishadi. Hot Tub Cinemada baland gapirish, qo‘shiq aytish, raqsga tushish taqiqlanmagan.

 Italiyaning Bolonya shahridagi Sotto le Stelle del Cinema. Kunduzi bandargohlar hayotini kuzatish, tarixiy obidalarni ziyorat qilish va qosh qoraygandan keyin bu kinoteatrga kelib Italiyaning retro filmlarini tomosha qilish zavqi butunlay boshqacha. Tomoshalar mutlaqo bepul.

Sotto le Stelle del Cinema, Италия, Болонья

Amsterdam.  “Theater Tuschinski”. Bu teatr 1921-yilda bunyod etilgan. Arxitekturaning eng go‘zal namunalarini o‘ziga jamlagan bu maskanda qanday kino tomosha qilyotganingizning ahamiyati bo‘lmay qoladi.

Theater Tuschinski, Нидерланды, Амстердам

  Moskvadagi Lyumer-Xoll kinoteatri. Bu binoning multimedia zali 20 ta panoramali ekran bilan jihozlangan. Unda oq-qora retro filmlar ham, yangi uslubdagilari, animatsion filmlar ham namoyish etiladi. Tasvir maydoni 500 kvadrat metr. Tomoshabinlar maxsus o‘rindiqlarni istagan joylariga qo‘yib o‘tirishlari mumkin. 

Люмьер-Холл, Россия, Москва

 Kanadaning Toronto shahrida joylashgan Winter Garden Theatre. Tomosha zali shiftidan quruq barglar osilib turadi. Ular orasida esa xuddi yulduzlar kabi chiroqlar miltiraydi. Devorlardagi ornamentlar zalga ulug‘vorlik baxsh etadi.

Winter Garden Theatre, Канада, Торонто

 Parijdagi La Geode kinoteatri. Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan 6433 ta uchburchakdan tashkil topgan. Yuzasining diametri 36 metrga yetuvchi  sharsimon bu bino 12 qavatli uyga teng. Gumbaz ostidagi ekranning diametri 26 metr. Tomosha qilishga qulay bo‘lishi uchun 400 ta o‘rindiqning har biri 27 daraja burchak ostida egilishi mumkin.

La Geode, Франция, Париж

 AQSh. Orlando shahri.   Sci-Fi Dinein Theater Restaurant. Bu kino-teatr-restoran o‘tgan asrning 50-yillari uslubida qurilgan. U vaqtlarda ochiq osmon ostidagi kinoteatrlarga avtomobillarda kirilgan. Shu sababli, ekran qarshisiga qo‘yilgan stollar kabrioletni eslatadi. Ofitsiantlar g‘ildirakli konkida xizmat qilishadi.  

Sci-Fi Dinein Theater Restaurant, США, Орландо

Teglar