Dunyoning eng qorli shaharlari

  • 09:00 / 25.01.2019
  • 3427

Dunyoda shunday mamlakat va shaharlar borki, ularning «qorli» muammolari jiddiy. Keling, ularni bir ko‘zdan kechiramiz.

AQSh

Alyaskadagi Valdes shahri Amerikadagi eng qorli joy deb ataladi. U Chugach muzligi yaqinida joylashgan. Bu yerda 3 mingga yaqin aholi yashaydi. Tez-tez tashrif buyuradigan mehmonlar – doimiy muz va qor ixlosmandlari bo‘lgan sayyohlar.

Sirakuzada asosiy ehtiyoj – qor tozalovchi mashinalar. Ularning eng yaxshilari mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladi.

Erida sayyohlar ko‘p. Ular Rojdestvo va Yangi yilni bajonidil Pensilvaniyada kutib olishadi. U yerda barcha sharoit hozirlangan: tog‘ chang‘isi uchun trassalar va ko‘ngilochar maskanlar.

Yaponiya

Qorli tog‘ va o‘rmonlar ortida Aomori shahri yashiringan. Qishki ertakka tushish haqida orzu qilganlarga aynan shu yerga tashrif buyurish tavsiya etiladi.

Olimpiya qishloqchasi – Naganodan u qadar uzoq bo‘lmagan yerda Toyama shaharchasi joylashgan. Yozda ob-havo ancha nam, qishda esa sovuq va qorli.

Sapporodagi chuqur qor qoplami yaponlarga xizmat qiladi: ular mazkur joyda qor festivalini o‘tkazishadi. Aynan shu tadbir tufayli bu yerdan sayyohlar arimaydi.

Kanada

Kanadaning qadimiy shahri Kvebekda har yili yarim metrgacha balandlikda qor yog‘adi. Bu shahar eng qorli joy sanaladi.

Kanada provinsiyalarining poytaxt shahri – Sent Jons aholisi va mehmonlarni aprel oyigacha davom etadigan muz qoplamlari va qor bo‘ronlari bilan xushnud etadi.

Teglar