Dunyoning eng yaxshi 10 ta aeroporti

  • 11:44 / 09.10.2019
  • 609

Turli aviakompaniya va aeroportlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini o‘rganuvchi kompaniya yangi reyting haqida ma’lumot berdi. Britaniyaning Skytrax konsalting kompaniyasi 2016-yilda dunyoning eng yaxshi aeroportlarini ommaga e’lon qildi. Reytingda ketma-ket to‘rtinchi marotaba Singapurdagi Changi xalqaro aeroporti World Airport mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Reytingda Rossiya aeroportlarini ham ko‘rish mumkin. Domodedovo, Sheremetyevo va Qozon mos ravishda 53- 78- va 100- o‘rinlarni egallagan. Aytgancha, Domodedovo nafaqat Rossiya, balki MDHning ham eng yaxshi aeroporti deb topildi.

Reyting 106 mamlakatdan 13 milliondan ortiq sayohatchilarning taassurotlari va sharhlariga asoslangan. Tadqiqot 550dan ortiq aeroportlarda xizmat ko‘rsatish sohasidagi 39 toifani, shu jumladan, aeroportning qulayligi, hojatxonalar joylashgan joyi va xodimlarning til bilishini hisobga olgan holda o‘tkazildi. Quyida qaysi aeroport qanday o‘ringa loyiq deb topilganini ko‘rishingiz mumkin.

10- o‘rin – Hamad xalqaro aeroporti, (Qatar)

Yillik yo‘lovchilar oqimi: 30 million kishi. Skytrax aeroportni “me’moriy jihatdan jozibali, hashamatli bino” deb ta’riflagan.

9- o‘rin – Osakadagi Kansai xalqaro aeroporti, (Yaponiya)

Sayyohlar aeroportning zamonaviy arxitekturasi, tozaligi va xodimlarining muomalasini yaxshi ko‘rishadi. Yillik yo‘lovchilar oqimi: 20 million kishi.

8- o‘rin – Xitrou aeroporti, (Buyuk Britaniya)

Bu dunyodagi eng ko‘p yo‘lovchiga ega uchinchi aeroport hisoblanadi. Yillik yo‘lovchilar oqimi: 73,4 million kishi.

7- o‘rin – Tyurix aeroporti, Shveytsariya

Aeroport yo‘lovchilarga kechiktirilgan reys, velosiped yoki rolikli ijarani, shuningdek, Shveytsariya transport muzeyiga ekskursiyalarni amalga oshiradi. Yillik yo‘lovchilar oqimi: 25,5 million kishi.

6- o‘rin – Markaziy Yaponiya xalqaro aeroporti, (Nagoya)

Ushbu aeroportda yo‘lovchilar uchun Yaponiyaning an’anaviy hammomi qurilgan. Ularning derazalaridan quyosh botishini tomosha qilish mumkin. Yillik yo‘lovchilar oqimi: 9,8 million kishi.

5- o‘rin – Gonkong xalqaro aeroporti

Yillik yo‘lovchilar: 63,1 million kishi.

4- o‘rin – Tokiodagi Xaneda xalqaro aeroporti, (Yaponiya)

Aeroport har doim mukammal tozalikka ega, yordamchi xodimlar va mashhur do‘konlari bilan tanilgan dunyodagi to‘rtinchi eng zich aeroportdir. Yillik yo‘lovchi tashish: 72,8 million kishi.

3- o‘rin – Myunxendagi Frans Yozef Shtrauss xalqaro aeroporti, (Germaniya)

Yillik yo‘lovchilar oqimi: 38,7 million kishi.

2- o‘rin – Janubiy Koreyaning Inchxon xalqaro aeroporti 

Bu ko‘plab ajoyib do‘konlar va restoranlar, madaniy tadbirlarning keng tanlovi tufayli yuqori baholanadi. Aeroportda Koreys madaniyati muzeyi ham bor. Yillik yo‘lovchilar oqimi: 41,7 million kishi.

1- o‘rin – Singapurning Changi xalqaro aeroporti 

To‘rtinchi yil ketma-ket go‘zal arxitekturasi, samarali ishlashi va hashamatli infratuzilmasi tufayli aeroport eng yaxshi deb tanlandi. Shuningdek, yo‘lovchilar u yerda kino va kurortga borish mumkinligidan mamnun. Yillik yo‘lovchilar oqimi: 54 million kishi.

Teglar