Durrani Zarra: Qadimiy Buxoro cheksiz muhabbat va hayratga sazovor bo‘ldi

  • 15:43 / 27.08.2019
  • 454

Kuni-kecha Buxoroda mehmon bo‘lgan dunyoning 40 dan ziyod mamlakatidan tashrif buyurgan iste'dodli va yosh blogerlarning har biri o‘z yo‘nalishida auditoriyasiga qariyb 1 milliard kishini qamrab olgan bo‘lib, ular ayni damda Buxorodan olgan taassurotlari haqidagi ajoyib postlarni o‘z obunachilariga havola etmoqdalar. Bu haqda Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

  Millionlab obunachilarga ega kanadalik mashhur bloger Durrani Zarraning taassurotlari bilan o‘rtoqlashganimizda u, “Bizni iliq kutib olgan va ishonch bildirgan Saida Mirziyoyeva ta'kidlaganidek, haqiqatdan ham yurtingiz bugungi kunda – yuqori sura’tlar bilan rivojlanayotgan turistik mamlakatlardan biri va sayohat qilish uchun juda ajoyib o‘lka ekan. Ushbu qadimiy va Buyuk Ipak yo‘lining yuragida joylashgan zaminda amalga oshirgan sayohatimiz chindan ham juda-juda hayratlanarli, hayajonga to‘la, unutilmas va zavqli o‘tgani bilan barchamizning yodimizda qoladi. 

 

   Ayniqsa, Buxoroning ham xorijliklar diqqatiga sazovor bir-biridan jozibador tarixiy-me'morchilik obidalari bizni o‘ziga maftun etib, muhabbatimizga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, tabiatingiz juda go‘zalligini, odamlaringiz esa mehmondo‘st va ochiqko‘ngilligini hamda mazali taomlar, saxovatli ona zaminingiz meva va sabzavotlarining toti xotiramizda muhrlanadi. Hattoki, sayohatimiz erta tugayotgani mazkur ertaknamo shahar husniga to‘ymaganimiz uchun yaqinda qayta tashrif buyurishni reja qildim. Qolaversa, O‘zbekistonni jahon sahnasiga olib chiqishda bir qator ishlar amalga oshirilayotgan ayni davrda bunga bizning ham hissamiz qo‘shilishi kalblarimizda faxr uyg‘otadi” – deydi, hayrat va cheksiz muhabbat bilan!