Dushanbeda ShHT adliya vazirlarining onlayn muloqoti bo‘lib o‘tadi

  • 12:44 / 06.08.2021
  • 225

Bugun Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlari adliya vazirlarining sakkizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Tojikiston “Xovar” milliy axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, ShHTga a’zo mamlakatlarning bu safargi yig‘ilishi 2020-2021-yillarda Tojikistonning ShHTga raislik yillaridagi harakatlar strategiyasi asosida tashkil qilinmoqda. 

Majlisda ShHTga a’zo mamlakatlarning huquq va adliya sohalaridagi munosabatlarini mustahkamlashga doir masalalar ko‘rib chiqiladi.