DXX raisi O‘FA prezidentligiga saylandi

  • 15:49 / 15.07.2019
  • 868

Foto: Kun.uz

Bugun, 15 iyul kuni Toshkentdagi Radisson BLU mehmonxonasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tribuna.uz muxbiri xabar berishicha, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi. 

U 2018 yil yanvaridan buyon rasman O‘FA rahbari lavozimini egallab kelgan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov o‘rnini egalladi.

Konferensiyada O‘FA prezidentidan tashqari vitse-prezidentlar va tashkilot Ijroiya qo‘mitasi a'zolari ham saylandi.

Unga ko‘ra, taniqli hakam Ravshan Ermatov va Ichki ishlar vazirining Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev vitse-prezident lavozimlarini egallagani tasdiqlandi. Ular 14 iyun kuni O‘FAning navbatdan tashqari yig‘ilishida vaqtincha vitse-prezident etib saylangan edi.

Ma'lumot uchun, Abdusalom Azizov avval ham futbol federatsiyasida ishlagan, u 2008-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lganida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti hisoblangandi.

Teglar