DXX xodimlari kuni 5 aprel sanasidan ko‘chirilishi mumkin

  • 17:52 / 25.08.2021
  • 163

Joriy yil 24-avgust kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi palata yalpi majlisi oldidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda DXX organlari xodimlari kunini 5-apreldan 26-sentyabrga ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilgan.

“O‘zi asli 2018-yilda qabul qilingan qonun bilan DXX xodimlari kuni 5-aprel etib belgilangan edi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, DXX xodimlari kuni aslida O‘zbekiston prezidentining 1991-yil 26-sentyabrdagi farmoniga borib taqaladi. Mana shundan beri 26-sentyabr xavfsizlik xizmati xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelgan”, – deb kutilayotgan o‘zgarishga izoh bergan senator Tolibjon Madumarov.

Maʼlumot uchun, 2018-yilning 2 oktyabrida DXX xodimlari kuni deb 5-aprel eʼlon qilingan va 2019-yilda ilk marta nishonlangan edi.