Eden Azar “Real”dagi ilk mavsumiga baho berdi

  • 08:47 / 26.03.2020
  • 227

“Chelsi”ning sobiq yetakchisi Eden Azar yangi jamoasi “Real”dagi debyut mavsumiga baho berdi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Belgiyalik futbolchi mavsumni jarohatlar sabab maydondan tashqarida o‘tkazmoqda. 22-fevralda “Levante”ga qarshi uchrashuvda to‘pig‘idan olgan jarohati sabab mavsumning qolgan vaqtini o‘tkazib yuborishi oydinlashgan edi.
RTBF’ga bergan intervyusida Azar “Madriddagi dastlabki mavsumim yomon chiqdi. Bu adaptatsiya mavsumi bo‘ldi” dedi.
“Kelasi yili yaxshi bo‘lishi menga bog‘liq. Jamoa yaxshi, bu men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi. Shartnomamda hali yana to‘rt yil bor” qo‘shimcha qilgan” belgiyalik futbolchi.