EKOPEN vs Imzo: ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama mavzusi

  • 10:30 / 16.11.2016
  • 12338

EKOPEN kompaniyasining Imzo brendiga atalgan ochiq maktubi ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Bu biznesdagi el og‘ziga tushgan ilk ana shunday holatdir. Hammasi Imzo brendini bozorga olib chiqishdagi reklama kampaniyasidan boshlandi. Undagi bir qator roliklarda xususiy sexlarda ishlaydiganlar xizmati noprofessional, eskirgan va umuman noto‘g‘ri tarzda tasvirlangan. Malibu’da tashrif buyurgan, qo‘llarida planshet bo‘lgan deraza oynalarini o‘rnatuvchilar esa yuqori fabrika sifati va zamonaviy yevropacha yondashuvni jonlantirishgan. Xatda bunday qarama-qarshilikning etikaga to‘g‘ri kelmasligi ta'kidlangan. EKOPEN bozorning barcha ishtirokchilarini sog‘lom raqobatga chorlaydi. 

Bunga qarshi chiqib bo‘lmaydi. Zero rolik mualliflari mazkur reklama salohiyatini yetarlicha baholashmagan. Axir Imzo butun boshli kichik va o‘rta biznes qatlamlari obro‘siga putur yetkazib, mijozlarini yillab, ne mashaqqatlarda to‘plagan kishilarning “nonini tortib olmoqda” va bu qarama-qarshilikda kuchlar teng emas, albatta. 

“Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli kichik biznesda ish bilan band aholining 77 foizdan ko‘prog‘i mehnat qiladi, uning YaIMdagi ulushi esa 56,7 foizgacha ko‘tarildi”.

Biroq EKOPEN’ning “yurish”ini kutilmagan deyish mumkin. Ko‘p yillar davomida neytral o‘yinchi bo‘lgan hamda o‘z mahsulotlarini biznes segmentiga yo‘naltirgan kompaniya, bugun iste'molchi bilan muloqotga kirishishga urinayotgandek.

PVXdan deraza oynalari va eshik ishlab chiqarish bozorining bugungi kundagi ko‘rsatkichlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, hozirda bu sohada bir necha ming sex ro‘yxatdan o‘tgan. Har bir sex o‘rtacha o‘nlab kishilarni ish bilan ta'minlaydi. Natijada, bu bozordagi salbiy harakatlar kichik korxonalarning inqirozga yuz tutishi hamda ko‘plab kishilarning ishsiz qolishiga olib kelishi mumkin. Bu kishilarning oila a'zolarini hisobga olib, ko‘rsatilgan vaziyatdagi kumulyativ effekt yuz minglab yurtdoshlarimizning farovonligiga ta'sir o‘tkazishi muqarrar”.

Mazkur xat raqiblarni bozorning barcha ishtirokchilarini hurmat qilish hamda o‘z ishiga vijdonan yondashishga chaqiradi.

Bugungi kunga qadar Imzo’ning mahsulot targ‘iboti deyarli bir xil tarzda ifodalandi. Bundan buyon brend o‘zini qanday tutishini esa vaqt ko‘rsatadi.

Teglar