Ekotizimni saqlab qolish uchun insonlarning dunyoqarashini o‘zgartirish lozim

  • 20:12 / 08.08.2019
  • 92

Foto: Facte.ru

Bir qarashda qumli sohillarda tirik organizmlar goʻyoki mavjud emasdek yoki ular kam sonli jonzotlardek koʻrinadi. Dunyoda sayyohlar orasida mashhur boʻlgan oq qumli keng qirg‘oqlar mavjud. Biroq qoida tariqasida sohillar qanchalik chiroyli boʻlsa, u tabiiy holatidan uzoq boʻla boshlaydi.

Dam olish uchun mos boʻlgan qirgʻoq, koʻpincha, import qilingan va ogʻir uskunalar bilan ishlangan qum bilan qoplanadi. Ecological Indicators jurnalida keltirilishicha, bunday sohillarda biologik xilma-xillik tabiiylariga qaraganda ancha kam.

краб в море

Qumda qancha tirik organizm yashiringanini tasavvur qilish qiyin. Agar siz toʻlqindan keyingi qirgʻoqni diqqat bilan kuzatsangiz, koʻplab qum qisqichbaqalariga koʻzingiz tushishi aniq.

краб

Qumli qirg‘oqlar – koʻplab boshqa umurtqasizlar, jumladan, mollyuska, chuvalchang, qoʻngʻiz va chivinlarning maskanidir. Bu jonzotlarning aksariyati tunda paydo boʻlganligi bois biz ularni deyarli koʻrmaymiz. Biroq kamnamo boʻlishlariga qaramasdan, ular qirgʻoq ekotizimlarida juda muhim rol oʻynaydi. Kichik hasharotlar, mollyuska va qisqichbaqasimonlar qush va baliqlar uchun oziq-ovqatning asosiy manbai boʻlsa, aksariyat qirg‘oqbo‘yi jonzotlari begona oʻtlarning parchalanishiga yordam beradi.

пляжный краб

Inson faktori sabab sun’iy sohillarda tirik organizmlarning soni tabiiylariga qaraganda ancha past. Og'ir uskunalar va quyma qoplamalarning ishi butun qirg'oqbo'yi ekotizimiga zararli ta'sir ko'rsatadi. Bu salbiy ta’sir dengiz suvidan tortib sohilning yuqori qismlarigacha o‘z hukmini o‘tkazadi.

Biologlar qirgʻoqni sun’iylashtirish jarayonida kuzatiladigan ikkita asosiy salbiy taʻsirni koʻrsatadilar. Tozalash uchun ishlatiladigan transport vositalari u yerdagi tirik organizmlarni nobud qilishi yoki koʻplab turlar uchun oziq-ovqat manbai boʻlgan oʻsimliklarni yoʻq qilib tashlashi mumkin. Odatda qirg‘oqqa olib kelingan qum hajvi kattaroq bo‘lgani bois ba’zi kichik jonzotlarning harakatlanishiga toʻsqinlik qilishi ham mumkin.

техника на пляже

Ekolog va biologlar bu vaziyat uchun qattiq havotirda. Ular insonning ekotizimga taʻsirini kamaytirish choralarini koʻrib chiqmoqdalar. Ularning asosiy talabi qirg'oqbo'yida texnologiyadan foydalanishni kamaytirish, tabiiy qumni va qirgʻoqdagi suv oʻtlarini saqlab qolish. Ushbu harakatlar qirg'oqbo'yi tabiatini tiklashga qarab qo‘yilgan qadam bo‘lib, tabiiy muhitni asrashga yordam beradi.

водоросли на пляже

Ekotizimni saqlab qolishdagi yana bir muhim qadam – insonlarning dunyoqarashini o‘zgartirishdir. Agar chiroyli sohillarda dam olishni istasak, ularning tabiiyligini saqlab qolishimiz muhim ahamiyatga ega.