Ekspertlar chilim va elektron sigaret xavfi haqida ogohlantirishdi

  • 17:01 / 09.08.2019
  • 486

Tamaki mahsulotlarini chekish oʻpka saratonini keltirib chiqarishi hech kimga sir emas. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining yuqumli kasalliklar boʻyicha departamenti mutaxassisi Andre Ilbavi elektron tamaki va chilim chekish ham ushbu kasallikning rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

“Chekish hali ham oʻpka saratoni kelib chiqishining asosiy sababi hisoblanadi. Butun dunyoda tamaki iste’moli oqibatida saraton kasalligidan vafot etganlar minglab odamlarni tashkil etadi. Bu kasallikdan har yili 6 million odam olamdan oʻtadi”, - deydi ekspert Andre Ilbavi.

Похожее изображение

Ekspertning fikriga koʻra, tamaki tutunida yetti mingdan ortiq kimyoviy moddalar mavjud boʻlib, ulardan kamida 250 tasi tanaga zarar keltirishi va 50 tasi saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Endilikda chilim chekkan odamlarda ham oʻpka saratonini keltirib chiqaruvch omillar rivojlanishi aniqlandi.

“Ha, chilim chekish orqali saraton bilan kasallanish xavfi ortadi va bu allaqachon isbotlangan”, - deydi Ilbavi.

Похожее изображение

Shuningdek, chilimdan chiqayotgan tutunda ham saraton va yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan toksin moddalar mavjud. Bunda tana uchun zararli nikotin qisman suv bilan soʻriladi. Biroq tamaki chekadiganlar chilim chekadiganlarga qaraganda koʻproq tutun yutadilar va bu uzoq vaqt davom etadi. Qisqacha aytganda, tamaki va chilim zarar yetkazish boʻyicha bir-biridan aslo qolishmaydi.

Bundan tashqari, elektron tamakilarning xavfsizligi haqida ham toʻliq ishonch bilan gapirish kerak emas.

“Elektron tamakilar - salomatlikka salbiy ta’siri oʻpka tizimi bilan bogʻliq. Masalan, yurak-qon tomir tizimiga kanserogen (xavfli oʻsimta ehtimolini keltirib chiqaradigan modda) ta’sir etishi mumkin. Organizm elektron sigaretlarga tezda oʻrganib qoladi. Ammo undan uzoq muddat foydalanish qanchalik darajada xavfli ekani haqidagi dalillar hozircha yetarli emas” deya, qoshimcha qilgan Andre Ilbavi.