Eldor Shomurodovga Ispaniya grandi qiziqmoqda 

  • 10:33 / 04.11.2019
  • 427

Foto: sports.uz

O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Ispaniya grand klublaridan biri – “Sevilya” qiziqish doirasiga tushgan. Sports.uz internet nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Eldor Shomurodov nomzodi andalus jamoasi ro‘yxatida bor ekan.

Xabarda aytilishicha, u yozgi transfer vaqtida “Sevilya” klubiga o‘tish ehtimoli bor.
  
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodovga oldinroq Rossiyaning SSKA va Germaniyaning “Shtutgart” klubidan jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar chiqqan edi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ayni paytda rasman Rossiyaning “Rostov” klubi a’zosi hisoblanadi.