Elektr ta'minotidagi yo‘qotishlar iste'molchilar cho‘ntagidan to‘lanadimi?

  • 13:40 / 11.06.2019
  • 445

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi  elektr tarmoqlaridagi elektr energiyasi yo‘qotishlari hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining texnologik yo‘qotishlarida hisobga olinishiga erishdi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 maydagi « Yoqilg‘i-energetika resurslarining ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 452-son qarorida o‘z aksini topdi. 

Hukumat qaroriga muvofiq, aholini elektr bilan ta'minlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari va oilaviy korxonalarga, shuningdek, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalarga maishiy iste'molchilar uchun belgilangan elektr energiyasi tarifi qo‘llaniladi.  Boshqacha aytganda, ular uchun elektr energiyasining narxi 1 kVt/s uchun 331 so‘mdan 250 so‘mga pasaytirildi. 

Shuningdek, uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari zimmasiga yuklangan va har bir xonadonga taqsimlab berilgan  elektr ta'minoti korxonasining elektr tarmoqlari va uylarning ichki elektr tarmoqlarining bo‘linish chegarasidan umumiy mulk hisoblanadigan ushbu tarmoqlardan ta'minlanadigan maishiy iste'molchilarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarigacha bo‘lgan elektr tarmoqlaridagi elektr energiyasi yo‘qotishlari  iste'molchi manfaatida qayta tartibga solindi.