Elektromobillar uchun yana bir soliq imtiyozi joriy qilindi

  • 14:06 / 16.09.2021
  • 253

Joriy yil 14-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan Soliq kodeksining soliq imtiyozlariga oid moddasiga o‘zgartirish kiritildi.

Mazkur qonunga ko‘ra, kodeksning 459-moddasi qo‘shimcha – 9-band bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, endilikda faqat elektr dvigatel orqali harakatga keltiriladigan avtomototransport vositalarini sotib oluvchi va (yoki) ularni O‘zbekiston hududiga vaqtincha olib kirishni amalga oshiruvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan ozod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 1-yanvardan O‘zbekistonga elektromobil importi uchun boj to‘lovi bekor qilingan, o‘sha yil iyul oyiga borib aksiz solig‘i ham olib tashlangan.