Yelka og‘rig‘i to‘g‘risida 7 ta yolg‘on

  • 15:46 / 04.02.2015
  • 7291

Yelka og‘rig‘i ko‘pchilikda uchraydi va bu bemorlar holatni keltirib chiqargan sabablarni turlicha izohlashadi. Va eng qizig‘i barchamiz ham bu borada yanglish tushunchalarga egamiz. Quyidagi noto‘g‘ri fikrlar ekanligini bilib olish ham bu darddan xolos bo‘lishga sabab bo‘lishi mumkin. 

1.Yelka og‘rimasligi uchun to‘g‘ri o‘tirish kerak 

Albatta, bukchayib o‘tirish yaxshi emas. Biroq xoda yutgandek tikka o‘tirish ham joiz emas. Bunda yelka mushaklari haddan tashqari zo‘riqadi. Natijada yelka og‘rig‘ini orttirib olish mumkin. Agar kun bo‘yi o‘tirishga to‘g‘ri kelsa ham kresloga o‘zingizni tashlab kerishib olishingiz, dam olishingiz kerak. Shuningdek, hujjatlarni o‘qish va telefonda gaplashish paytida o‘tirish emas, turish yanada yaxshi.

2. Og‘ir ko‘tarish yelkaga zararli

Bu qoidaga ham amal qilish shart emas. Demak, og‘ir yuk ko‘tarishdan o‘zingizni tortmasligingiz kerak. Yelkani emas, oyoqlaringizni asrang. Yukni gavdaga yaqin ushlash kerak. Qo‘llarni olistirgan holda yuk ko‘tarish yaramaydi. Stulda o‘tirgan holda nimanidir poldan olishga harakat qilmang. Bu yelka uchun xavfli. Bu hattoki qo‘lingizdan tushib ketgan qalam bo‘lsa ham. 

3. Yelka og‘riganda yotish kerak

To‘g‘ri, faqat jarohatlanganda yoki zo‘riqishdan yelka qattiq og‘rigandagina bu qoidaga amal qiling. 

Shunday bo‘lsada gorizontal holatda ko‘p qolmaslik kerak. Chunki bu holat bir necha kun davom etsa, o‘zingizni yaxshi emas, aksincha juda yomon his qilasiz.

4. Yelka og‘rig‘i faqat jarohatlanishdan kelib chiqadi 

Yelkada og‘riq keltirib chiqaruvchi sabablar juda ko‘p. Biroq ularning hammasi umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq emas. Ko‘p holatlarda mushakning o‘zi og‘rishi holatlari kuzatiladi. Muskullar qobirg‘alari quvvatni va yelkalar chidamliligini ta'minlaydi. Muskullar zaifligi 80 foiz holatgacha yelkada og‘riq keltirib chiqarishi mumkin. 

Bundan tashqari, yelka og‘rig‘i intoksikatsiya, ya'ni organizmning toksinlar bilan zaharlanishi oqibatida ham kelib chiqishi mumkin. Gripp paytidagi mushaklar zirqirashi bunga yorqin misoldir. 

5. Ozg‘in insonlarning yelkasi og‘rimaydi

Ozg‘inlik bilan ozg‘inlikning farqi bor. Bittasi qotma sportchi-marafonchi, ikkinchisi o‘zini cheklab, mana shu darajaga yetishgan model. Ozg‘inlarning suyaklarini ham mushaklar ushlab turishi zarur. Mushaklarning mustahkam bo‘lmasligi umurtqa va bo‘g‘imlarni tutib tura olmasligiga sabab bo‘ladi. Natijada kutilmagan o‘rinlarda buzilishlar paydo bo‘ladi. 

 6. Kasal yelkaga jismoniy mashqlar tavsiya qilinmaydi

Davolovchi jismoniy tarbiya, asosan, suzish yelka uchun eng foydali mashg‘ulotdir. Shifokor nazoratidagi doimiy jismoniy mashqlar kasallikdan qutulish va uning qayta qo‘zg‘almasligining oldini olishga xizmat qiladi. Kam harakatlilik asosiy dushmandir. 

7. Yelka og‘riganda yumshoq o‘rindan ko‘ra qattiq o‘rin foydaliroq 

Ispaniyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ham bu fikrning noto‘g‘riligi ko‘rindi. Ular o‘rinlarning 10 shkalalik matritsada belgilab chiqishdi. Bunda 10 momiq o‘rinni bildirsa, 1 yalang‘och beton degani edi. Va bu o‘rinlarning yelkaga ta'sirini ko‘rib chiqishdi. Bunda o‘rta shkalada (5,6) to‘shaklar foydali ekanligi ko‘rindi. Qattiq o‘rinda esa (2,3) ko‘plab muammolar kelib chiqargan.

O‘qishni tavsiya etamiz:

Jiddiy kasalliklardan darak beruvchi 7 og‘riq

Teglar