Emerining “qora ro‘yxati” ma’lum bo‘ldi. Kimlar ketadi?

  • 17:35 / 13.08.2019
  • 327

Arsenal klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoani tark etadigan 4 futbolchi haqida yakuniy xulosaga keldi, deya xabar bermoqda Mirror.

Murabbiyning qaroriga ko‘ra, himoyachilar Shkordan Mustafi, Nacho Monreal, shuningdek, yarim himoyachilar Emil Smit-Rou va Mohamed Yelneni ortiqcha deb topildi.

Klub joriy mavsumda yuqorida sanab o‘tilgan o‘yinchilar to‘p suradigan pozitsiyalarda o‘ynaydigan bir necha futbolchi bilan shartnoma imzolagandi. Shu sababli rahbariyat ularni ushlab turishdan foyda yo‘q deb hisoblamoqda. Emeri kuzgacha ularning boshqa klubga o‘tishi bilan bog‘liq savollar o‘z yechimini topishiga umid qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Angliyada transfer oynasi allaqachon yopildi. Lekin aksariyat Yevropa chempionatlarida u yana bir necha hafta davom etadi.