Emlangan shaxslarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik ta’tili beriladimi? 

  • 16:25 / 03.04.2021
  • 45

Bu masalaga AOKAda bo‘lib o‘tgan COVID-19 bilan bog'liq bugungi vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik haqidagi brifingda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva oydinlik kiritdi.

“Emlash jarayoni bu kasallik degani emas. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik ta’tili qonunchilikda belgilangan tartiblar asosida beriladi. Bu tartibda vaksina olganlar mehnatga layoqatsizlik ta’tili olishi mumkin degan bandi yo‘q.
Lekin, agar emlangan shaxsda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik ta’tili olishi mumkin bo‘lgan holat kuzatilsa, qonunchilikda belgilangani talab va tartiblar asosida uni rasmiylashtirish mumkin”, dedi Sevara Ubaydullayeva.