Endi “Liverpul” ham Sancho uchun kurashga kirishdi

  • 15:10 / 13.02.2020
  • 58

Dortmundning “Borussiya” klubi vingeri Jeydon Sanchoga navbatdagi top-klub qiziqish bildirmoqda.
19 yoshli ingliz futbolchisi uchun kurash olib borayotgan “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Real” hamda “Barselona” klublari qatoriga “Liverpul” ham kelib qo‘shildi.
“Mersisaydliklar” nemis jamoasiga o‘z takliflarini bildirishgan.
“Liverpul” barcha raqiblarini ortda qoldirishga Yurgen Kloppning “Borussiya Dortmund” bilan mustahkam aloqalari yordam berishiga umid qilmoqda. 
Ta’kidlash lozimki, Sanchoning “Borussiya” bilan shartnomasi 2022-yilda tugaydi. Ungacha nemis jamoasi Sanchoni 100 mln. funtga sotmoqchi. 
“Manchester Siti” Sanchoni “Borussiya”dan qayta sotib olish huquqidan foydalana olmaydi. Shunday ekan, “Liverpul”ga “MYu” va “Chelsi” klublari jiddiy raqobatchi bo‘lishi mumkin.