Endi O‘zA’da ishlaganlar ham “propiska”li bo‘ladi 

  • 13:56 / 03.12.2019
  • 411

2-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) faoliyatini takomillashtirishga oid qarorini imzoladi. 

“O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida O‘zA rahbar xodimlariga ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritish huquqi berildi. 

– Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda O‘zA va Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlari va shtatlar jadvalini tasdiqlash;
– 2020-yil 1-mayga qadar foydalanuvchilar uchun qulay, audio va video axborotlarni tarqatish, tarqatilayotgan axborotlarni tijorat yo‘li bilan yuklab olish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan O‘zA’ning axborot portalini ishga tushirish belgilandi. 

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ushbu qaror mazmunidan kelib chiqqan holda bir oy muddatda O‘zA to‘g‘risidagi yangilangan nizomni tasdiqlaydi.