Endi Twitter’da sizga yoqmagan izohlarni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin

  • 11:25 / 21.05.2020
  • 37

Twitter ijtimoiy tarmog‘i foydanaluvchilari endilikda yoziladigan postlariga kim izoh qoldirishini nazorat qilish imkoniyatiga ega. Ya’ni endi siz tvit yozishingiz va unga kim fikr bildirishini tanlashingiz mumkin.

Kompaniya o‘zining rasmiy sahifasida ushbu funksiya hozircha faqat sinovdan o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, bu cheklovlar tvitni hammadan yashirmaydi, faqat izoh qoldirishda muallif tomonidan tanlangan kishilargina qatnashishi mumkin. Bunday imkoniyat foydalanuvchilarga Twitter’dagi aloqalarni yaxshiroq boshqarishga yordam beradi.