Endilikda mahsulot nomi, miqdori, narxi, summasi, QQS stafkasi, c aks etmagan xarid cheki haqiqiy hisoblanmaydi

  • 10:30 / 11.09.2019
  • 51

2019-yil 6-sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan sohada bir qancha o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu haqida Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy sayti batafsil ma’lumot berdi.

Farmonga muvofiq, onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanish bilan bog‘liq bir nechta talablar belgilanmoqda. Bular,

birinchidan, taqdim qilingan xarid chekida tovarlar nomi, miqdori, narxi, summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lganda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi va summasi, shuningdek, QR-kod va fiskal belgi majburiy tartibda aks ettiriladi.

Ushbu ma'lumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi.

Ikkinchidan, ma'lumotlarni operatorga real vaqt rejimida yetkazib berishning texnik imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda cheklar offlayn rejimida 24 soat ichida uzatilishi mumkin.

Uchinchidan, bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.

To‘rtinchidan, Farmon bilan tasdiqlangan grafikda belgilangan tegishli muddatdan keyin, tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanmasdan tovarlarni realizasiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, xaridorga yoki mijozga chek taqdim etmaslik yoki fiskal belgiga ega bo‘lmagan cheklarni taqdim qilish – fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari yoki to‘lov terminallarini ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik sifatida amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.